Isroil Damashqqa zarba berdi
Juma kuni ertalab Damashq janubidagi Seyida Zaynab hududiga Isroil havo hujumi oqibatida uch kishi, jumladan Eron Inqilobiy gvardiyasi maslahatchisi Said Alidadiy halok boʻldi.
Juma kuni ertalab Damashq janubidagi Seyida Zaynab hududiga
Isroil havo hujumi oqibatida uch kishi, jumladan Eron Inqilobiy gvardiyasi maslahatchisi
Said Alidadiy halok boʻldi,
deya xabar bermoqda TRT.
Xabar qilinishicha, Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari
Golan tepaliklaridan uchirilgan Isroil raketalarining bir qismini urib tushirgan. Biroq bir nechtasi nishonlargacha
etib borishi natijasida qurbonlar berilgan. Alidadiydan tashqari, eronparast
harbiylashtirilgan tuzilmalar jangchilari ham halok boʻlgan. Sky News -
Arabiya xabariga koʻra, halok boʻlganlar orasida Eron va Iroq fuqarolari ham bor.
Eron tomoni bu voqeaga hozircha izoh bergani yoʻq.
Turli manbalarga koʻra, oʻtgan yilning dekabrʻ oyidan beri
Isroilning Suriyadagi raketa zarbalari natijasida Eron inqilob gvardiyasining bir
necha zobiti halok boʻlgan, ulardan biri yuqori martabali razvedka generali
boʻlgan.
Avvalroq, 29 yanvarʻ kuni Suriya poytaxti chetida eronlik maslahatchilar qarorgohi
Isroil raketalari tomonidan hujumga uchragan edi. Suriya axborot agentliklari
mamlakat harbiy departamentiga tayanib, shundan soʻng tinch aholi halok boʻlgani
haqida xabar tarqatdi.