16.04.2025 07:30
139
Axloqiy desensitizatsiya: jamiyatdagi sukutli fojia
Bugungi kun jamiyatimiz aъzolarining atrofda sodir boʻlayotgan axloq meъyorlariga zid voqea-hodisalarga bildirayotgan yoki bildirmayotgan munosabatlaridan shunday xulosaga kelish mumkin: ongsiz ravishda axloqsizlik normallashtirilayotgandek.
Dunyo tez oʻzgarmoqda. Televizion koʻrsatuvlar, filьmlar, seriallar, ijtimoiy tarmoqlar, hatto reklamalar ham inson ongiga bevosita taъsir qilmoqda. Ammo bu taъsirning bir xavfli tomoni bor — bu “desensitizatsiya”, yaъni inson biror yomonlikka, buzuqlikka, noqulay holatlarga koʻp bor duch kelganida unga nisbatan sezgirligini yoʻqota boshlaydi. Bu jarayon “axloqiy desensitizatsiya” deb ataladi.
Bu qaerdan boshlanadi?
Avvaliga nojoʻya soʻzlar, odobsiz hazillar, kiyinishdagi andozalardan chekinish, oilaviy qadriyatlarga kulib qarash oddiy holdek tuyuladi. Keyin esa odamlar bularni tanqid qilmay qoʻyadi. Sezmasdan yomonlikka koʻzimiz oʻrganib qoladi. Oqibatda esa buzuq ishlar odatiy holga aylanadi, illatlar “madaniyat” nomi ostida targʻib qilinadi.
Zero Paygʻambarimiz Muhammad (sallollohu alayhi va sallam) shunday deganlar: “Kim bir munkarni (yomonlikni) koʻrsa, qoʻli bilan toʻxtatsin. Agar bunga qurbi etmasa, tili bilan toʻxtatsin. Bunga ham qurbi etmasa, qalbi bilan yomon koʻrsin. Bu esa iymonning eng zaifidir” (Imom Muslim rivoyati).
Zamonamizda esa na qoʻl, na til, balki koʻp hollarda qalb bilan ham yomon koʻrmay qoʻyilmoqda. Yomonlikka qarshi sukut qilish, unga koʻnikish — eng xavfli jarayon. Bu nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy darajada ham halokatga olib boradi.
Media va axloqiy sezgirlik
Koʻplab seriallar, musiqiy kliplar, ijtimoiy tarmoq trendlari axloqiy qadriyatlarimizni buzmoqda. Kichik yoshdagilar behayolikni koʻrib ulgʻaymoqda, oilaviy tushunchalar ahamiyatini yoʻqotmoqda. Ayniqsa ayollar shaъni, erkaklik masъuliyati va oila muqaddasligi masxara qilib koʻrsatilmoqda.
Axloqiy desensitizatsiya bosqichma-bosqich yuz beradi:
1. Jirkanish – dastlab yomonlikni koʻrib, eshitib, qalbimiz bezovta boʻladi. Bu – hali iymon borligidan dalolat.
2. Loqaydlik – keyin bu holat koʻpayadi. Yomonlik endilikda bizga tanish boʻlib qoladi. Unga qarshi norozilik bildirish oʻrniga sukutni tanlaymiz.
3. Qabul qilish – oxiri esa uni oddiy hol deb bilamiz. Balki yoqtira boshlaymiz. Shu tarzda axloqiy tubanlikka asta-sekin odatlanamiz.
Bu jarayonning asosiy sababi — koʻp koʻrish va kam oʻylash. Ijtimoiy tarmoqlarda har kuni yuzlab nojoʻya kontentlar koʻzimizdan oʻtadi. Noqonuniy, odobsiz, masxarali, kamsituvchi yoki behayolik bilan toʻla videolar “kulgi”, “trend” nomi ostida millionlab tomosha qilinadi.
Bugungi kundagi ommaviy madaniyat hayoni zaiflashtirishga urinayotgani ayon. Liboslar ochilib, erkaklik va ayollik qiyofasi aralashmoqda. Bolalarga ham jinsiy buzuqlik “erkinlik” degan nom ostida singdirilmoqda. Bu esa eng avvalo hayo degan fazilatga zarba hisoblanadi.
Vaholanki Paygʻambarimiz (sollalohu alayhi va sallam) aytganlar: “Hayo iymondandir. Hayo boʻlgan joyda faqat yaxshilik boʻladi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Ammo biz hayo bilan emas, behayolik bilan faxrlanayotgan jamiyat sari intilmoqdamiz.
Rosullulloh (sollalohu alayhi va sallam) yana shunday deganlar: “Har bir dinning oʻziga xos xulqi bor. Islomning xulqi — hayodir”
(Ibn Moja rivoyati).
Xoʻsh, hayo iymonning bir boʻlagi ekan, bugun bu fazilat zamonaviylikka toʻsiq sifatida talqin qilinmayaptimi? Holbuki, hayo bor joyda axloq, poklik va muhabbat boʻladi.
Echim nimada?
Har kim oʻzidan boshlash kerak — har bir musulmon koʻzi, qulogʻi va qalbini haromdan asrashi lozim.
Axloqiy desensitizatsiyani engish uchun shunchaki tanqid qilish etarli emas. Bu yoʻlda amaliy kurash va jamiyat ongini uygʻotish talab etiladi:
1. Axloqiy sezgirlikni qayta tiklash.
2. Mediani tartibga chaqirish.
3. Farzandlar tarbiyasiga jiddiy eъtibor qaratish.
4. Ulamolar, ziyolilar va matbuotning qatъiy ovozi.
Desensitizatsiya shunchaki ruhiy holat emas — bu jamiyatdagi “axloqiy falokat” deb ataladigan jarayonning boshlanishidir. Insoniyat halokat yoqasiga bir zumda emas, asta-sekin, koʻnikish orqali etadi.
Muxlisa Mahmud