12.02.2025 19:47

Amerika dunyoni oʻrmon qonuni sari boshlayaptimi?

 

Donalьd Trampning Amerika prezidentligiga saylanishi avvaliga koʻpchilikni mamnun etgandek tuyulgandi. Biroq uch hafta avval uning hokimiyatga kelishi va oʻzi bilan koʻz koʻrib quloq eshitmagan syurprizlarni keltirishini koʻpchilik, xususan, mutaxasislar xatto taxmin ham qilmagandi. Hozirgi kunda uning biri bogʻdan, biri togʻdan boʻlgan ichki va tashqi siyosat masalalari boʻyicha fikr hamda qarorlari koʻpchilikning taajjubiga sabab boʻlmoqda. Turli nomdor davlatlarning jazavasi qoʻziyotgan boʻlsa, ayrim mayda va taъsir doiradagi mamlakatlar boʻlayotgan ishlarni mahzunlik bilan kuzatib turishibdi. Mana shu vaziyatda koʻpchilikda oʻrinli bir savol tugʻilishi tabiiydir: Trampning xatti-harakatlari dunyoda oʻrmon qonunlari qaror topishiga sabab boʻladimi?

 

Saudiyaliklar gʻazabda. Daniyaliklar talvasaga tushgan. Kolumbiya chekingan. Meksika va Kanada AQSh bilan bojxona urushi oʻrtasida arosatda qolgan. Xitoy esa munosabat bildirdi va iqtisodiy gigantlar oʻrtasida savdo urushini boshladi. Britaniyaliklar AQSh bilan "maxsus munosabatlari"dan faxrlanib, anъanaviy tinch diplomatiyaga tayanmoqda.

 

Goʻyo prezident  Donalьd Tramp urushdan keyingi sakson yillik global tartibni birgalikda yaratgan xorijiy rahbarlar oyoqlari ostiga bir qop soqqalarni sochib yuborgandek.

 

Chamasi, ayni damda hamma Trampga javob qaytarishdan ojiz – hatto Avstraliya bosh vaziri ham. Oʻtgan hafta Tramp AQSh vayron boʻlgan Gʻazo sektorini "egallab olishi" va uni "Yaqin Sharq Riverasi"ga aylantirishini eъlon qilganidan bir necha soat oʻtib, undan fikr soʻrashganda jurnalistlarga shunday dedi:

 

"Men Avstraliya bosh vaziri sifatida AQSh prezidentining bayonotlariga kundalik sharh bermoqchi emasman".

 

Ochiq tan olinmasa-da, jahon liderlari Trampning Amerika hukumati ayrim institutlariga nisbatan shafqatsiz munosabatini kuzatib, sovuq urushdan keyingi tartib haqida oʻylashmoqda.

 

AQShning NATO, BMT, Jahon banki va xalqaro tartibning boshqa ustunlaridagi oʻrni qanday boʻladi?

 

AQSh nazoratidagi NATOga kelsak, Tramp uzoq vaqtdan buyon ittifoq ahamiyatini shubha ostiga olib, mudofaa maqsadlariga etarlicha erisha olmagan aъzolarni himoya qilmaslik degan fikrni ilgari surib kelmoqda. Shuningdek, Tramp Oval kabinetga qaytgan birinchi kunidayoq AQShni ikkinchi marta Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan chiqarishni boshladi. Bu harakat BMT agentligini eng yirik xayriyachisiz qoldiradi. JSST rahbarlari chora topish maqsadida diplomatlardan Vashingtonga taъsir oʻtkazib, Trampning qarorini bekor qilishni soʻrashdi. Germaniya elchisi tashvishga tushib: "Tom yonmoqda", dedi.

 

"Trampning harakatlari vaziyat doimiy ravishda oʻzgarishidan darak beradi – bu shunchaki toʻrt yildan keyin ortga qaytadigan oʻzgarishlar emas", deb yozadi Londondagi Chatham House fikr markazining siyosiy va xalqaro masalalar boʻyicha eksperti Xizer Xerlbert.

 

Xalyaro hamjamiyat AQShning oziq-ovqat va dori-darmon yordamiga tayanuvchilar Trampning oltmish yildirki gumanitar yordamlar orqali mamlakatlarni barqarorlashtirish bilan shugʻullanib kelayotgan USAID agentligini tugatishga urinishi hayotiy oqibatlarni keltirib chiqarishini anglab etmoqda. Xususan, Vatikan xayriya tashkiloti dushanba kuni AQShning USAIDni barbod qilish rejalarini "insoniylikdan yiroq" deb atab, qattiq norozilik bildirdi.

 

"Biz qarorlarni kutmoqdamiz, lekin unchalik umidvor emasmiz, - dedi 140 ta nodavlat tashkilotdan iborat Kosovo ayollar tarmogʻi vakili Arjana Kosaj Mustafa. Lekin, shunga qaramay, biz bardoshlimiz. Shuning uchun qoʻlimizdan kelgancha harakat qilamiz".

 

Qayta saylanishidan ruhlangan Tramp inoq doʻsti Ilon Mask koʻmagida oʻzining xos chalgʻitish uslubi bilan dunyoda muayyan tartibsizlik va xaosni keltirib chiqarmoqda. Tartibsizlik – bu qonunsizlik degani.

 

"Hududni toʻldirish" va ibrat koʻrsatish

 

Prezidentning farmon va bayonotlari – uning Kanadani qoʻshib olish va Panama kanalini egallash haqidagi takliflari – muxolifatni yoʻq qilishi mumkin boʻlgan tezlikda sodir boʻlmoqda. Hech kim ularning barchasini kuzatib borishga qodir emas. Bu hodisalarning barchasi Tramp tarafdorlari "hududni toʻldirish" deb ataydigan usulning natijasidir.

 

Odamlar, shubhasiz, bu ishlarga eъtiroz bildirmoqdalar. Ammo Trampning bunga javobi tayyor: "Fafo" – bu "atrofda tartibsizlik qilib, oqibatini koʻrish" degan maъnoni anglatadi, faqat birinchi soʻz "tartibsizlik" emas. Prezident bu qisqartmani fedora shlyapa va yoʻl-yoʻl kostyumda tushgan surati bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

 

Kolumbiya kabi jurъatli mamlakat Trampga "yoʻq" dedi. Ammo bu oʻzi bilan jiddiy oqibatlarni olib keldi. Ushbu mamlakat prezidenti Trampning birinchi haftasida muhojirlar toʻdasini qabul qilishga birmuncha vaqt qarshilik koʻrsatdi – to AQShning 47 prezidenti mamlakatga bojxona tariflarini 50 foizgacha oshirish bilan tahdid qilguncha. Oxir-oqibat Kolumbiya muhojirlarni qabul qilishga majbur boʻldi. Mana, ibrat.

 

Bunday majburlov usuli uzoq vaqtdan beri Tramp tarafdorlarini mamnun etib kelmoqda. APVotecast maъlumotlariga koʻra, ular 2024 yilgi saylovlarda iqtisodiyot va shaxsiy moliyaviy ahvollari haqidagi xavotirlar taъsirida unga ovoz berishgan. Tramp esa soliq toʻlovchilarning pullarini tejash va ularni Amerika manfaatlariga mos keladigan masalalarga sarflashga harakat qilayotganini aytmoqda.

 

Grenlandiya va Gʻazo misolini olaylik. Izolyatsionist, "Amerika birinchi" shiorini ilgari surgan prezidentning aytishicha, AQSh buni amalga oshira oladi. U, oxir-oqibat, Gʻazoning qariyb 2 million aholisini boshqa joyga koʻchirish uchun harbiy kuchlardan foydalanmasligini aytdi, biroq dengiz boʻyidagi hududni hashamatli kurortga aylantirish rejasidan hali ham qaytmagan koʻrinadi.

 

Beqaror Yaqin Sharqdan tortib, Xitoy va barqaror Buyuk Britaniyagacha boʻlgan doʻstlar ham, raqiblar ham bu gʻoyani amalga oshirib boʻlmaydigan deb hisoblashyapti. "Qudratli" Saudiya Arabistoni uni "mutlaq rad etdi". Bu reja Isroil genotsididan keyingi asirlar almashinuvi kelishuvini va Misrning Isroil bilan tinchlik shartnomasini xavf ostiga qoʻyishi mumkin. U xalqaro huquqni ham buzishi ehtimoli bor.

 

Bundan tashqari, 15 oy davom etgan shafqatsiz havo hujumlaridan soʻng oʻz uylariga qaytayotgan falastinliklarning aksariyati ketishni xohlamayotganini aytmoqda. Ammo Trampning rejasi Isroilda qoʻllab-quvvatlandi, u erdagi rahbarlar koʻchish harbiy jinoyat hisoblanadigan majburiy deportatsiya emas, balki "ixtiyoriy" boʻlishini taъkidlashmoqda.

 

Etakchilikni boy berishni istamayotgan dunyo etakchilari

 

Fox News telekanalining "Yakshanba tongi kelajaklar" koʻrsatuvida AQSh vitse-prezidenti Jey Vens Daniya “yaxshi ittifoqchi boʻlmayotgani” hamda Amerika Grellandiyani qoʻlga kiritishi mumkinligini maъlum qildi. Bunga javoban  Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen oʻtgan hafta jurnalistlarga “Biz yomon ittifoqchi emasmiz", dedi.

 

Bu Frederiksen oʻtgan oyda Evropa poytaxtlariga tashrif buyurib, qitъadagi  boshqa davlatlarni Trampning Grenlandiyani Qoʻshma Shtatlar tarkibiga qoʻshish vaъdasiga qarshi bir ovozdan javob berishga chaqirganidan keyin sodir boʻldi. Daniya, shuningdek, Grenlandiyaliklarga nisbatan irqchilikni bartaraf etish uchun qonun qabul qildi va Arktika orolining xavfsizligini taъminlash uchun 2 milliard dollar ajratdi.

 

Frederiksen 26 yanvarь kuni Facebook'da oʻz uyida ovqatlanayotgan Evropa etakchilarining suratini ham joylashtirdi va shunday yozuv qoldirdi: "Biz Shimoliy mamlakatlar har doim birga boʻlganmiz. Biz duch kelayotgan yangi va kutilmagan voqelik sharoitida yaxshi va yaqin ittifoqlar hamda doʻstlik yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda".

 

Bu kayfiyat kattaroq guruhlarga ham tarqalmoqda. Yaqinda Bryusselda boʻlib oʻtgan Evropa Ittifoqi rahbarlarining Rossiya tahdidiga qarshi mudofaani kuchaytirish masalasiga bagʻishlangan uchrashuvida asosiy eъtibor Trampga qaratildi.

 

"Biz bu mutlaqo keraksiz va ahmoqona tarif yoki savdo urushidan qochish uchun barcha choralarni koʻrishimiz kerak", dedi Polьsha bosh vaziri  Donalьd Tusk jurnalistlarga. Uning soʻzlariga koʻra, Trampning Evropa Ittifoqiga nisbatan bojxona tariflari boʻyicha tahdidlari Evropa birligining "jiddiy sinovi" hisoblanadi va "Ittifoqchilar oʻrtasida bunday muammo birinchi marta yuzaga kelmoqda". Evropa etakchilari Tramp nimani taklif qilayotganini batafsilroq koʻrib chiqishni kutayotganlarini aytishdi.

 

Grenlandiyada esa Trampning bayonotlari Daniyadan toʻliq mustaqillik uchun avlodlararo kurashni tagʻin qoʻzgʻatib yubordi va mart oyidagi saylovlar oldidan birlamchi masalaga aylandi. Uning baъzi rahbarlari 57 ming kishi yashaydigan dunyodagi eng katta orol AQSh yoki Daniya tarkibiga kirishni istamasligini taъkidlashdi.

 

"Bu nooʻrin gaplar nafaqat Grenlandiyada, balki Gʻarbiy alyansning qolgan qismida ham katta tashvish va xavotirga sabab boʻldi," dedi Grenlandiya biznes va savdo vaziri Naaja X. Natanielsen The Associated Press agentligiga.

 

Biroq hamma ham yakdil fikrda emas. Evropaning oʻta oʻng etakchilari shanba kuni Madridda "Evropani yana buyuk qilaylik" shiori ostida oʻtkazilgan mitingda Trampning kun tartibini olqishlashdi. Unda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Italiya bosh vaziri oʻrinbosari Matteo Salьvini, Frantsiyaning "Milliy birlashuv" partiyasi rahbari Marin Le Pen va boshqalar ishtirok etdi.

 

Baъzi etakchilar Trampning Evropa importiga bojlarni oshirish tahdidini engilroq qabul qilib, aslida Evropa Ittifoqining soliqlari va qoidalari mintaqa farovonligiga koʻproq xavf tugʻdirishini taъkidlashdi. Ammo har bir notiq noqonuniy immigratsiya haqida gapirdi, bu Evropada ham, Qoʻshma Shtatlarda ham ogʻriqli va qarama-qarshiliklarga sabab boʻladigan mavzu hisoblanadi.

 

Le Penning fikricha, "Evropa uchun vatanparvarlar" guruhi Tramp bilan hamkorlik qilish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega. "Biz, – dedi Le Pen, – Trampning yangi maъmuriyati bilan muloqot qila oladigan yagona kuchmiz".

 

Mana shunday vaziyatni inobatga olib, haqli ravishda aytish mumkinki, Tramp bir tomondan qasddan yoki istamagan holda dunyoni qonunsizlik girdobiga tortayotgan boʻlsa, boshqa tomondan Amerika "imperiyasi"ni zavol tomon shaxdam boshlab bormoqda. Bu hozirgi paytda juda koʻplab siyosiy-ijtimoiy soha ekspertlarini tashvishga solayotgan masala boʻlib qolmoqda.

 Masalan, Britaniyalik sobiq amaldor va ayni paytda siyosiy iqtisodchi Richard Myorfi shunday deydi: 

"Biz oʻz koʻzimiz bilan, real vaqt rejimida katta bir davlatning oʻzi saylagan prezidenti va saylanmagan "hamraisi" qoʻlida qasddan parchalanib borayotganini kuzatmoqdamiz. Bu tarix yaratilayotgan lahzadir va biz uning birinchi qatordagi guvohlarimiz. Biz juda xavfli vaziyatga duch kelganmiz. Tartibsizlik har doim xavf-xatar tugʻdiradi. Ayni paytda xavf-xatarlar bundan yuqori darajada boʻlishi mumkin emas". 

Trampning hozirgi siyosati ham fuqarolar urushi, jamiyat ichidagi boshboshdoqlik, siyosiy markazning favqulodda qulashi, chinakam fashizm, haqiqiy korruptsiya, haqiqiy oʻngchilik siyosati qanday boʻlishini roʻy-rost koʻrsatib bermoqda. Siyosiy nuqtai nazardan, avvalambor, bu xatti-harakatlar Amerikadek qudratli mamlakatga jiddiy tarzda shikast etkazish bilan tahdid qilsa, boshqa tomondan, Sharqning nisbatan katta kuch-qudratga sohib musulmon mamlakatlari oʻzaro hamfikr holda birlashishi kerakligi masalasini oʻrtaga tashlaydi. Zero, yaqin atrofi, qoʻshnilari, oʻzining haqiqiy doʻstlariga tap tortmay hududiy daъvolar bildirish orqali tahdid qilayotgan yirtqich koʻp oʻtmay olisdagi hamda oʻzga din va madaniyatdagi xolis rahbar va sofdil xalqlar mol-mulkiga-da koʻz olaytirishi ehtimoldan yiroq emas

Mavzuga aloqador