Donalʻd Tramp davrida AQSh tashqi siyosatida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?
AQSh prezidenti Trampning xatti-harakatlari koʻpchilikni ajablantiryapti. AQShning JSST va Parij bitimidan chiqish qarori, Panama, Grenlandiya, Meksika va Kanadani AQShga qoʻshib olish haqidagi populistik bayonotlari, Ukraina-Rossiya mojarosiga tezda barham berishga oid chiqishlari insoniyat eʻʻtiborini oʻziga tortdi. Ularning har biriga tahliliy jihatdan yondashsak
Dunyodagi
geosiyosiy keskinliklar, qarama-qarshiliklar fonida AQShda hokimiyat tepasiga
Donalʻd Tramning kelishi vaziyatni qaysi oʻzanga burib yuboradi, degan savollar
paydo boʻlmoqda. AQSh prezidenti Trampning xatti-harakatlari koʻpchilikni ajablantiryapti.
AQShning Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va 2015 yil iqlim oʻzgarishiga qarshi
kurashga bel bogʻlash maqsadida imzolangan Parij bitimidan chiqish qarori, Panama,
Grenlandiya, Meksika va Kanadaga oʻxshagan davlatlarga nisbatan imperalistik
bayonotlari, ularni AQShga qoʻshib olish haqidagi populistik bayonotlari,
Ukraina-Rossiya mojarosiga tezda barham berishga oid chiqishlari insoniyat
eʻʻtiborini oʻziga tortdi. Ularning har biriga tahliliy jihatdan yondashsak.
Tramp
mamlakatni JSSTdan chiqarish jarayonini 2017 yildan 2021 yilgacha davom etgan
birinchi muddati oxirida boshlagan. Keyingi prezident Jo Bayden Oq uydagi birinchi
kunlaridayoq bu qarorni bekor qildi. 21 yanvarʻ kuni Tramp AQShni xalqaro
sogʻliqni saqlash tashkilotidan chiqishi toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi. Uning
Parij bitimi va JSSTdan chiqishiga oid pozitsiyasida koʻproq Xitoyga qarshi turish
kayfiyati namoyon boʻladi. Birinchi prezidentlik davrida ham Pekinni asosiy
raqobatchi sifatida koʻrib, unga nisbatan tegishli savdo cheklovlarini joriy etgan
va bundan keyin ham shu siyosat davom etadi. Donalʻd Tramp keltirgan raqamlarga
koʻra, uning prezidentlik muddati davomida 350 millionli aholiga ega Amerikaning
JSSTga yillik badali 500 million dollarga tushgan boʻlib, 1,4 milliard aholisi bor
XXRning toʻlovi atigi 39 millionga teng boʻlgan. Trampning prezidentlik
faoliyatining birinchi kunidayoq buyruqni imzolashi AQShning tashkilotni rasman tark
etishi ehtimolini oshiradi.
“Ular
bizning qaytib kelishimizni juda xohlashdi, shuning uchun nima boʻlishini koʻramiz”,
der ekan, Tramp, ehtimol, AQSh kelajakda JSSTga qaytishi mumkinligiga ishora
qildi. Tramp avvalroq tashkilotni koronavirus pandemiyasiga munosabati uchun ham tanqid
qilgan edi. Xususan, u JSST Covid ga qarshi kurashda “Xitoyga qaram” ekanligini
taʻʻkidlagandi. Hujjatda, shuningdek, JSST “zudlik bilan zarur boʻlgan
islohotlarni amalga oshira olmagani va JSSTga aʻʻzo davlatlarning nomaqbul siyosiy
taʻʻsiridan mustaqilligini namoyish eta olmagani” taʻʻkidlanadi. Bayden maʻʻmuriyati
ostida Qoʻshma Shtatlar JSSTning eng yirik moliyachisi boʻlib qoldi. Bayonotdan
koʻrinib turibdiki, norozilik Xitoyning muassasaga taʻʻsiri oshib borayotganida.
Trampning nazarida
tashkilot oʻz mamlakatida koronavirus epidemiyasining oldini olish uchun ozgina ish
qilgan va Xitoydagi vaziyatga juda koʻp vaqt sarflagan. Bundan tashqari, Trampning
fikricha, JSST ham notoʻgʻri tavsiyalar bergan, bu esa mamlakatda keng koʻlamli
epidemiyaga sabab boʻlgan. Vaholanki, undan chiqish ham AQShga, ham dunyoning qolgan davlatlariga zarar
keltiradi. Zero JSSTni Vashington yaratgandi, endi esa JSSTni tark etishdi. Bu
ularning shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan, AQSh farmokologiya kompaniyalarining
JSST ishidan noroziligi bilan ham ifodalanadi. Ular dunyo fuqarolari, sayyoramiz
salomatligi haqida qaygʻuryapti, deb oʻylamaslik kerak. Masalaning yana bir qiziq
tomoni aynan AQSh avvaliga hammani iqlim
boʻyicha kun tartibiga tortdi, endi esa ular iqlim boʻyicha kelishuvdan chiqib
ketyapti.
Vashington anʻʻanaviy energiyadan voz kechish, yashil energiyaga
oʻtish, bu bilan atmosferaga zazarli chiqindilarni kamaytirish hisobiga havo
harorati isishini 2 darajaga kamaytirishni koʻzda tutgan Parij kelishuvlaridan voz
kechishining ham maʻʻlum sabablari bor. Tram nazarida bu bitimga amal qilinsa, AQSh
sanoati ulkan zarar koʻradi. Shuning uchun Tramp neftʻ va gaz qazib chiqarishni
keskin oshirish orqali dunyo va mahalliy bozorda ularning narxini tushirishga
erishmoqchi, boshqa mahsulotlar narxi energiya narxiga bogʻliqligini hisobga olsak,
Tramp AQShda narx-navo barqarorligiga, inflyatsiyani jilovlashga erishmoqchi.
Ikkinchidan, Trampning
fikricha, Xitoy Parij bitimini imzolaganiga qaramay, havoni jazosiz
ifloslantirishda davom etmoqda. Bu siyosat ham Chin bilan bogʻliqligi koʻrinib
qoldi. Tramp AQShni 2015 yilda
imzolangan Parij iqlim bitimidan ikkinchi bor chiqarmoqda. 2021 yilda Trampdan keyin prezidentlikka
kelgan Jo Bayden birinchi kundanoq AQShni Parij bitimiga qaytargan. Baʻʻzi
tahlilchilar bu masalada AQSh pozitsiyasining oʻzgaruvchanligi boshqa davlatlarga oʻz
majburiyatlariga jiddiy yondashmaslikka sabab boʻlishini aytadi. AQSh shartnomadan chiqishi
bilan Eron, Livan va Yamandan
soʻng dunyoda bitimga aʻʻzo boʻlmagan toʻrt mamlakatdan biri boʻladi.
Prezident Donalʻd Trampning
taʻʻkidlashicha, uning tashqi siyosati Amerikani xavfsizroq, kuchliroq va farovonroq
qilishni maqsad qiladi.
Xitoy AQSh nazarida asosiy raqib va tahdid manbai. U Pekinni
uygʻurlarni qirayotganlikda va ularga nisbatan genotsidda ayblaydi. Tayvan -
AQShning hamkori va Vashington uni himoya qiladi. U Xitoyni BMTda oʻz fuqarolarini
yuqori lavozimlarga kelishi uchun bosim oʻtkazayotganlikda ham tanqid qiladi.
BMTdagi amerika elchiligiga nomzod Stefanikning fikricha, Xalqaro Telekommunikatsiya ittifoqi va Xalqaro
fuqaro aviatsiyasi tashkilotida xitoylik davlat xizmatchilari hozir rahbar ekani
xavotirga molik. Sunʻʻiy idrok va boshqa sohalarda ham amerikaliklar xalqaro
maydonda etakchilik qilishi zarur, deydi u, “toki meʻʻyor va standartlarni biz belgilaylik”. Amerika BMT uchun eng koʻp mablagʻ
ajratadigan davlat. Amerikaliklar oʻzlari boshqarayotgan BMT agentliklari,
jumladan, Jahon oziq-ovqat dasturi va Bolalar agentligini eng samarali ishlaydigan organlar deb
hisoblashaydi va bu
muassasalardan mablagʻni ayashmaydi.
Tashqi siyosatdagi boshqa mavzularga toʻxtaladigan boʻlsak, Yaqin Sharqda Isroilni quvvatlash birlamchi
vazifa boʻladi. Yangi maʻʻmuriyatdagilar nazdida BMT tizimida “antisemistik
munosabat va fikrlash keng qanot yozgan va buni bartaraf etish kerak. “BMT
Xavfsizlik kengashi va umuman, BMTning har bir qismida biz Isroil bilan birga
boʻlamiz”, - degan Stefanikning
gaplari bu fikrning toʻgʻriligini isbotlaydi. Prezident Tramp mintaqa nazorat saqlab qolish uchun kurashadi, HAMAS va Hizbullohni yoʻq qilish uchun intiladi, yahudiy davlat
xavfsiz yashashi uchun nimaiki zarur boʻlsa, yordamlashadi. Falastin ahliga
gumanitar koʻmak koʻrsatilayotganday ish tutadi, ammo bu jafokash xalqni qirish uchun
Isroilga vayronakor qurol-yarogʻni etkazib berishda davom etadi. Stefanikning nazarida falastinliklar
daʻʻvo qiladigan erlarning katta qismi Isroilniki. Yangi tashqi ishlar vaziri – davlat kotibi Marko Rubio ham Tramp kabi AQSh
manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyishga bel bogʻlagan. Har qanday yoʻnalishda
Vashington avvalo oʻz foydasi uchun kurashadi. Milliy xavfsizlik, qadriyatlar va
tamoyillar hamisha oldinga qoʻyiladi, chunki bular AQSh davlatchiligining asosidir.
Xitoy va Rossiya tashqi siyosatda koʻp eʻʻtibor talab qilinadigan
masalar boʻladi. Ukrainadagi urushni toʻxtatish, Isroil-Falastin mojarosiga barham
berish, dunyo boʻylab qator azaliy ziddiyatlarni bartaraf etish, boshqa konfliktlar
chiqmasligini taʻʻminlash, Amerika qadiyatlarini targʻib qilish ustuvor ahamiyat kasb
etadi. Senator sifatida Rubio Xitoyning ashaddiy tanqidchisi boʻlib kelgan.
Pekinni u eng qonxoʻr rejimlardan biri deb taʻʻriflaydi, ayniqsa uygʻurlarga
nisbatan shafqatsizlikda ayblaydi. Diktaturalar, yakkahokimliklar, huquqbuzar va
qonunbuzar tuzumlarni qoralab keladi, jumladan Rossiyani ham. Koʻpchilikning
taxminiga koʻra, Trampning ikkinchi prezidentlik muddatida qoʻllaydigan uslubi birinchisidan
farq qilishi mumkin.
Shu bilan
birga, AQSh uchun dunyoda eng katta muammolardan biri Rossiya va Xitoyning soʻnggi
uch yil davomida gapirib kelinayotgan “chegarasiz harbiy-siyosiy sheriklik” masalasi
boʻlishi mumkin. 2022 yilda
Vashingtonning Moskva va Pekin bilan munosabatlari butunlay boshqacha edi.
Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqinidan keyin AQSh Moskva bilan deyarli
barcha aloqalarni uzdi. Xitoy bilan esa Bayden maʻʻmuriyati “zarur boʻlsa, qarshi
chiqamiz va cheklaymiz, imkon boʻlsa, kelishamiz va muhim joylarda hamkorlik
qilamiz” degan tamoyilga amal qildi. Xitoyning AQSh hududi ustida uchirgan havo
sharlariga oid mojaro, TikTok kompaniyasiga qarshi Vashingtonning kuchli bosimi,
Pekinning Tayvanga nisbatan tahdidli harakatlari va Rossiya-Xitoy
bombardimonchilarining qoʻshma oʻquv mashqlari AQSh va Xitoy oʻrtasidagi
munosabatlarga salbiy taʻʻsir qildi. Shunga qaramay, AQSh prezidenti Jo Bayden va
Xitoy rahbari Si Tszinʻpin bir necha bor shaxsan uchrashib, muloqotni davom ettirish
boʻyicha kelishuvga erishdi. Ammo endi AQSh va Xitoy munosabatlari keskinlashishi
mumkin. Donalʻd Trampning ikkinchi
maʻʻmuriyati davrida Xitoy bilan munosabatlar yanada notinch va mojarolarga toʻla
boʻlishidan xavotirlar bor. Kelishmovchiliklar kuchayishi va bu munosabatlarda
jiddiy inqiroz yuzaga kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, muloqot kanallari kamayib,
hamkorlik sohalari qisqargan bir paytda yuz berishi mumkin. Yaqin toʻrt yil ichida
ikki mamlakat aloqalari aynan shu yoʻnalishda rivojlanishi ehtimoli yuqori. Tramp va
Putinning oʻzaro uchrashishi va Ukraina mavzusini muhokama qilishni
rejalashtirayotgani haqidagi eʻʻlonlar Pekinni jiddiy xavotirga solishi
mumkin.Tramp Ukrainada tezkor sulhga erishishni xohlaydi va bu masalada muzokara
uchun unga juda yaqin boʻlgan general Kellogni tayinlagan. Tramp tez orada Putin
bilan bogʻlanadi. Bu muloqotlar buyuk davlatlar oʻrtasidagi strategik uchburchakning
tuzilishini maʻʻlum yoʻnalishda oʻzgartirishi mumkin. Tramp va Putin oʻrtasidagi
kelajakdagi aloqalar Xitoyning dunyodagi oʻrniga tahdid sifatida qabul qilinishi
mumkin. Shu sababli Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev yaqinda Pekinga tashrif
buyurdi. Koʻplab tahlilchilar Medvedev va Si oʻrtasida boʻlgan uchrashuv borasida
darhol oʻz fikrini eʻʻlon qildi. Balki Trampning Moskva va Pekinni ajratib yuborish
haqidagi bayonotlarga qaramay, Kreml Xitoydek doʻstidan voz kechmasligini
tushuntirmoqchi boʻlgandir.
Yana bir masala. Xitoyning Arktika kabi hududlarda Rossiya bilan hamkorlikni
kuchaytirishga urinishi AQShni xavotirga solyapti. Trampning Grenlandiyani sotib olish
urinishlari, Panama kanalini
yana Vashington mulki sifatida oʻziga qoʻshib olishi ortida ham Xitoydan xavotirlik
bilan izohlanadi. Panamada kanali orqali Xitoy tovarlari olib oʻtilishi, Panama
davlatining bundan katta daromad topishi, AQShdan ham bojlar olinayotgani Trampni
gʻazablantiryapti. Tramp
“sdelkalar”ni tuzishni yaxshi koʻradigan inson. Shu nuqtai nazardan, Panamani qoʻshib
olmagan taqdirda ham, AQSh tovarlari tashilishiga
pul olmaslikka koʻndirishga urinadi. Rossiyani emas, koʻproq Xitoyni potentsial
tahdid sifatida koʻrayotgan Vashington Grenlandiyada kuchli havo hujumidan mudofaa
tizimlari joylashtirishi (ham Pekin, ham Moskva raketalaridan himoyalanish uchun),
ham bu erdagi ulkan erosti va erusti boyliklariga ega chiqishi mumkin. Boz
ustiga, AQSh mudofaa vaziri oʻrinbosarlaridan biri Eli Ratner yaqinda Xitoy
“nafaqat Ukrainadagi urush boʻyicha Rossiya propagandasi andozalarini koʻp hollarda
takrorlayotganini, balki hali ham Rossiya sanoatini faoliyatda ushlab turishda yordam
berayotganini va unga ikki maqsadli mahsulotlar etkazib berayotganini” eslatdi.
Bugun Moskvada ham, Pekinda ham AQShga nisbatan ishonchsizlik bor. Rossiya va
Xitoyning asosiy maqsadi Qoʻshma Shtatlarni dunyo etakchiligidan chetlashtirish boʻlib,
buning uchun ular infratuzilmaga kiberhujumlar uyushtirish va telekommunikatsiya
sohasiga zarar etkazish kabi usullardan foydalanmoqda. Bu esa AQShning milliy
xavfsizligiga jiddiy tahdiddir. Xitoy va Rossiya oʻrtasidagi yaqinlashuv AQShning
global strategik manfaatlariga qarshi yoʻnalgan hamda Evropa davlatlari bilan
hamkorlikni zaiflashtirishi mumkin. Shu bilan birga, Xitoy-Rossiya ittifoqi,
ayniqsa, hozirgi xalqaro tartibdan norozi boʻlgan davlatlar – Turkiya, Janubiy
Afrika, Braziliya, Yaqin Sharq rejimlari uchun jozibador koʻrinadi, bu esa xalqaro
muvozanatning yangi qiyofasini shakllantirish ehtimolini oshiradi. BRIKSning paydo boʻlish zarurati
ham shundan dalolat beradi. Tramp eyforiya bilan aytayotgan AQShning Xitoy va
Rossiya oʻrtasidagi hamkorlikni zaiflashtirish borasida imkoniyatlari ham cheklangan.
Biroq Putin Trampning Oq uyga qaytishini ijobiy hodisa sifatida kutayotgan boʻlsa,
Si Tszinʻpin bu kelajakni xavotir bilan qarshilamoqda.Trampning birinchi
prezidentlik muddati davomida u Xitoy bilan savdo urushini boshladi, Xitoyning yirik
texnologik giganti “Huawei”ni sanktsiyalar va bosim kampaniyasi nishoniga
aylantirdi, uning uskunalarini AQSh ittifoqchilarining tarmoqlaridan olib
tashlashga harakat qildi; Hind-Tinch okeani mintaqasida AQShning harbiy ishtiroki va
sheriklik aloqalarini kuchaytirdi; shuningdek, COVID-19 pandemiyasi tufayli
targʻibot urushi olib bordi. Bu safar Si Tszinʻpin uchun vaziyat yanada yomonroq
koʻrinishi mumkin. 2016 yilda Xitoy iqtisodiyoti hozirgiga qaraganda ancha yuqori
oʻsish surʻʻatlariga ega edi, AQSh iqtisodiyoti esa ancha sust edi. Bugun vaziyat ancha
oʻzgardi. Chinda iqtisodiy oʻsish sekinlashdi.
Tramp yaqin oylarda Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. U,
albatta, Rossiya prezidenti bilan uchrashadi, lekin faqat bitta maqsadda - Putinni yon berishga
majbur qilish uchun.
Tramp nimani oʻylab topmasin, u Putinni yon berishga majbur qila olmaydi.
Ukrainadagi mojaro Donalʻd Tramp inauguratsiya nutqi chogʻida aytgan AQSh yangi
maʻʻmuriyatining ustuvor yoʻnalishlari roʻyxatida boʻlmasa-da, u prezidentlik faoliyatining
birinchi kunidayoq ommaviy axborot vositalari bilan suhbatda bunga toʻxtalib oʻtdi.
Trampga koʻra, Vladimir Putin tinchlikka rozi boʻlmaslik bilan “Rossiyani yoʻq
qilmoqda”. (...) Moskvaga nisbatan ritorikaning bunday keskin kuchayishi AQSh
prezidentining yaqin kelajakda saylovoldi vaʻʻdalarini bajara olmasligi bilan bogʻliq. U dunyoga
urushni bir sutkada toʻxtaman deya mujda yoʻllab qoʻygandi. Donalʻd Tramp Moskvada
rasmiylarning keskin qarshiligiga duch keldi. Afsuski, kelishuvga erishishga birinchi
navbatda Rossiya tomonidan qoʻyilayotgan
ikkita talab toʻsqinlik qilmoqda: Gʻarbning Ukrainaning NATOga aʻʻzo boʻlish
rejalaridan voz kechishi va sanktsiyalarning bekor qilinishi. Birinchi talab AQShning Donalʻd
Tramp birinchi prezidentligi davridagi strategiyasining bir qismi boʻlgan
maqsadlaridan voz kechishini bildiradi. Ikkinchi talabni amalga oshirishning iloji
yoʻq. AQSh barcha sanktsiyalardan bir tomonlama voz kechishi mumkin emas, chunki ular
nafaqat Vashington, balki EI va boshqa ittifoqchilari tomonidan joriy etilgan.
Ammo sanktsiyalar bosimi Kremlga taʻʻsir oʻtkazishi mumkinligiga ishonch yoʻq. Moskvaga
qarshi sanktsiyalar hech narsani oʻzgartirmaydi. Prezident Tramp juda qarama-qarshi
signallarni yubormoqda. Avval u mojaroga bir kunda barham berish haqida gapirdi,
keyin esa darhol qoʻshimcha sanktsiyalar haqida. Bunda hech qanday izchil strategiya
koʻzga tashlanmaydi. Boz ustiga, Moskvaning asosiy maqsadi Ukrainaning oʻzida
emas, balki Rossiyaning Sovet davridagidek taʻʻsirini tiklashdir. Menimcha, Kremlʻ
oʻz maqsadlariga erishishdan voz kechmaydi. AQShdan kelayotgan soʻnggi kuchli
signallarni Rossiya bilan faqat kuchli pozitsiyada gaplashish mumkinligini anglashning
dalili sifatida qabul qilish mumkin. Moskvaning mojaroni muzlatish istagi yoʻqligi
ham frontdagi mavjud vaziyat bilan bogʻliq. Vaziyat oʻzi uchun ijobiy rivojlanayotgan
bir paytda Putin mojaroga chek qoʻyish niyatida emas. Rossiya hozirda katta
ustunlikka ega. Qishning eng qahraton oyi davom etmoqda, bu Rossiyaga Ukrainaning
energetika infratuzilmasi va transport markazlariga hujum qilib, uni charchatish
imkonini beradi. Rossiya buni allaqachon amalga oshirmoqda. Trampning 24 soat ichida
mojaroga barham berish haqidagi saylovoldi bayonotlari sinovdan oʻta olmadi.
AQShning Ukraina boʻyicha maxsus vakili general Keyt Kellogg hozirda 100 kun ichida
kelishuvga erishish haqida gapirmoqda, ammo bu vaqt oraligʻida tinchlikka erishish
dargumon. Muayyan belgilarga koʻra, Rossiya 2026 yilda jang qilishni
rejalashtirmayapti. Bu, xususan, byudjet rejasi bilan bogʻliq. Rossiyaning 2025
yilga moʻljallangan harbiy byudjeti rekord darajada, 2026 yilga reja esa
kamtarroq. Putin Ukrainani imkon qadar kuchsizlantirishdan, qoʻlidagi barcha kozir
kartalar bilan muzokaralar stoliga oʻtirishdan manfaatdor. Vladimir Zelenskiyning
oʻzi ham oʻt ochishni toʻxtatish sharti Rossiyaning keyingi hujumlarining oldini
oladigan tinchlikparvar kuchlarning xalqaro kontingentini yaratish boʻlishi kerakligini
aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, buning uchun Ukraina hududiga 200 ming Gʻarb harbiy
xizmatchisini joylashtirish kerak boʻladi. Hozirgi vaziyatda raqamlar va qaysi
mamlakatlar qoʻshni kiritilishi haqida gapirish qiyin, biroq xalqaro qoʻshinlar
nazorati ostidagi bufer zonani yaratish zarur boʻlishi mumkin. Bunday tinchlikparvar
kontingentning yaratilishi, ehtimol, Ukrainaning NATOga tezroq kirishi haqidagi
vaʻʻdaning oʻrnini bosadigan kafolat boʻlar. Biroq ayni damda Evropa oʻzining
mavjud salohiyati, tuzilmalari va zaxiralari nuqtai nazaridan bunga tayyor emas.
Bunday kontingent mavjudligini tasavvur qilish qiyin.
Menimcha, AQSh NATOdan voz kechmaydi. Ammo evropaliklarni oʻz hududlaridagi Amerika
askarlarini oʻzlari boqishiga, yaʻʻni moliyalashtirishga erishmoqchi. Saylov kampaniyasi
davomida Tramp NATOga aʻʻzo davlatlar mudofaa xarajatlarini yalpi ichki
mahsulotining 5 foizigacha oshirishi kerakligini qayta-qayta aytgan va Evropa
davlatlarini Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun masʻʻuliyatni oshirishga chaqirgan. U
lavozimga kirishganidan keyin bu qarashlarini oʻzgartirmadi. Tramp Qoʻshma Shtatlar
Kievga yordam uchun butun Evropani jamlagandan 200 milliard dollar koʻproq
sarflaganini eslatdi. “Bu kulgili. Bu ularga koʻproq taalluqlidir. Bizni okean
ajratib turibdi”, dedi Amerikaning yangi prezidenti Evropani nazarda tutib. Balki
Evropa bu ishni uddalar. Axir sovuq urush davrida Evropa davlatlari oʻz yalpi ichki
mahsulotining 10 foizini mudofaa uchun sarflagan.
Biroq bugungi real vaziyat, erdagi ahvolni kuzatsak, Ukraina
taslim boʻlmagan esa-da,
ancha choʻkdi. Jang maydonidagi manzara ham ayanchli Kiev uchun. 2024 yilda Rossiya armiyasi 2023 yilga nisbatan 6 barobar koʻp Ukraina
hududini egalladi. Hozir Pentagonda Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatishga masʻʻul
boʻlgan barcha amaldorlar ishdan olingani yoki boshqa ishga oʻtkazilgani, Davlat departamenti Isroil va
Misrdan boshqa barcha mamlakatlarga yordam berishni 90 kunga toʻxtatganini inobatga
olsak, Ukrainaning magʻlubiyati tezlashishi mumkin. Tramp bunday halokatli natijaga
yoʻl qoʻyishdan ehtiyot boʻladi. Ukraina zaif pozitsiyadan tinchlik shartnomasini
imzolashi, bu esa mamlakatning boʻlinishiga va qoʻgʻirchoq hukumatning oʻrnatilishiga
olib keladi. Hozircha Moskva ham, Kiev urushni kelgan joyidan toʻxtatishga va
muzlatishga rozi emas. Rossiyaning
tinchlik muzokaralaridan qochishi
Trampning Ukrainani
qurol va pul bilan qoʻllab-quvvatlashga vaʻʻda berishini anglatadi. Ammo bu
stsenariyda ham Rossiyaning hududiy yutuqlari kamayishi dargumon. Ukraina yutadimi
yoki magʻlub boʻladimi, pirovardida hududiy muammolar emas, balki oxirgi natijadan
soʻng mamlakat kimning taʻʻsir doirasiga kirishi koʻp narsaga oydinlik kiritadi.
Bir narsani unutmaslik kerakki, mabodo Putin toʻsatdan oʻlib qolmasa, Moskva hech
qachon bosib olgan va Konstitutsiyaga hududi sifatida kiritib qoʻygan Qrim va 4 ta
viloyatni Ukrainaga qaytarmaydi.
Abduvali
Soyibnazarov, siyosiy sharhlovchi