01.01.2025 18:30
Ideal boshqaruv qanday boʻladi?
Yozganlarim mutasaddi va masʻʻullarga etib boradi, degan umiddaman. Bundan faqat doʻstona nasihat va yaxshilikka chaqirishni umid qildim. Ayblarni ochish va obroʻlarni toʻkishni emas, fazilatlarni targʻib qilishni maqsad qildim. Alloh tavfiq bersin!
#IDEAL_BOShQARUV_ASOSLARI №1
Bu mavzuni islom koʻradigan ideal boshqaruv printsiplari asosida va odil xalifa - Umar va boshqalar misollarida oʻrganamiz.
1. Umar roziyallohu anhu yamoq kiyimlarda yurardilar. Oʻzlariga taqvo va mashaqqat yoʻlini tutgan edilar. Bu haqda rivoyatlar juda koʻp. Viloyatlarga tayinlagan hokimlari ham mana shu yoʻsinda yashashini uqtirardilar.
Ayrim tarixchilar zikr qilishicha, Umar ibn Xattob biror shaxsni mansabga tayinlamoqchi boʻlsalar, u bilan shartnoma tuzar edilar. Unda mansabdorning qimmatbaho ot turi (hozirda qimmat mashinalar) minmasligi, tansiq taomlar emasligi, qimmatbaho kiyimlar kiymasligi, odamlarning ehtiyoji uchun eshigini yopmasligi va tansoqchilar olmasligini shart qilinar edi.
@MubashshirAhmad
#IDEAL_BOShQARUV_ASOSLARI №2
Umar roziyallohu anhu davlat mansabdorlarini qattiq nazorat qilish bilan tanilgandilar. U kishining qoʻlida bosh nazoratchi vazifadori boʻlib, Muhammad ibn Salama al-Ansoriy faoliyat yuritar edilar.
U kishining taftish va tekshiruvlaridan keyin agar musulmonlarga manfaatli deb koʻrilsa, hatto eng katta amaldorning ham bahridan oʻtilardi. Bu toʻgʻrida shunday qonun joriy qilingandi: "MEN UChUN BITTA ZOLIM VOLIYNI MANSABIDA QOLDIRIShDAN KOʻRA, HAR KUN BIR VOLIYNI IShDAN OLISh YaXShIROQ".
Umar shunday degan edilar: "Qaysi amaldorim birovga zulm qilgani xabari kelsa-yu, men uni oʻzgartirasam, u holda zolim menman".
U zot amaldorlarni shu darajada qattiq nazorat qilardilarki, qaysi voliy (poytaxt) Madinaga kaytsa, unga kunduzi kirsin, deya farmoyish bergan edilar. Toinki, uning qoʻlidagi mol va ashyolari koʻrinib tursinki, hisob va javbgarlikka tutish oson boʻlsin!
Shu sababli Umar haj mavsumidan voliy va raʻʻiyyat ahvolini oʻrganishda unumli foydalanar edilar.
Amaldorlaridan vaziyatni soʻrab-surishtirib oʻtirmas edilar. Balki odamlardan ichlaridagi eʻʻtiborli kishilarni hajga yuborishni soʻrar va ulardan oʻzlari tayinlagan amirlarning tasarruflari haqida surishtirar edilar.
Voliy va amirlarni esa huzurlariga faqat ishlari haqida xulosalar taqdim qilish uchun chorlardilar. Bunda raʻʻiyyatdan shikoyati bor yoki zulm koʻrganlar bilan masʻʻullarni yuzlashtirar va shundan keyin qaror chiqarar edilar.
@MubashshirAhmad
#IDEAL_BOShQARUV_ASOSLARI №3
Nepotizmga qanday qaraladi islomda? Islom asoslarini toʻgʻri tatbiq qilingan saodat asriga qaraydigan boʻlsak, Umar roziyallohu anhu qarindosh-urugʻlarning mansabga yaqinlashishiga qattiq qarshi turganlar. Chunki oʻzlarining namuna oʻlaroq bilingan hukmronlik nizomlariga zarracha dogʻ tushishini istamaganlar. Vaholanki baʻʻzi yaqinlari oʻta tajribali va ishonchli boʻlishgan.
Zikr qilinishicha, bir kishi katta faqihlardan boʻlgan sahobiy oʻgʻillari Abdulloh ibn Umarni bir mansabga tayinlashlarini taklif qiladi. Shunda Umar unga: "Alloh seni halok qilsin! Allohga qasamki, bu taklifingni Alloh uchun bermading" dedilar.
Bu toʻgʻrida Umarning quyidagi gaplari mashhur: KIM BIROVNI YaXShI KOʻRGANI YoKI YaQINLIGI UChUN AMALGA QOʻYSA, MANSABGA FAQAT ShU SIFATLARI UChUN MUNOSIB KOʻRSA, U ALLOH VA RASULIGA XIYoNAT QILIBDI".
Jonlariga suiqasd qilinib, oʻlim toʻshagida yotganlarida, oʻzlaridan keyingi xalifani tanlash ishi topshirilgan oltilik hayʻʻatida oʻgʻillari Abdulloh ham boʻlishini vasiyat qiladilar. Lekin bir shart bilan: Abdulloh faqat ovoz beradi, lekin xalifa boʻlib saylanmaydi.
Oʻzining va farzandlarining hokimiyat choʻqqisida qolishi uchun har qanday nomaqulchilikdan tap tortilmayotgan bu zamonda, boshqaruvning bunday asosiga rioya qilinishi qanday ahamiyat kasb etishi koʻpchilikka aniq maʻʻlum.

Davomi bor