01.10.2024 17:31

Hasadning neyrobiologik asosiy bor – biolog olim

Biolog olim Baxtiyor Abdugʻafurning yozishicha, hasad odamning ich-ichini eb bitirishi haqidagi gap-soʻzlarning neyrobiologik asoslari mavjud.

Hasad odamning ich-ichini eb bitiradi, deymiz. Bu gap ilmiy asosga ega. Yanayam aniqrogʻi, hasadning neyrobiologik asosi bor.

Neyrobiologiya nerv tizimi, shu jumladan, miya, orqa miya, periferik nerv tizimilarini tadqiq etadi, ularning insonning fikrlashi, hatti-harakati va organizm funktsiyalarini qanday boshqarishini oʻrganadi.

Neyrobiologiya, shuningdek, insondagi his-tuygʻular moddiy asoslarini ham tadqiq etadi. Jumladan, sevgi-muhabbat, rashk, havas, hasad, baxillik...

Har bir tuygʻu neyrobiologik - biologik va kimyoviy asosga ega. Xuddi shu jumladan, hasad ham.

2021 yil Nature'ning Scientific Reports jurnalida eʻʻlon qilingan tadqiqotda inson stressga tushganida noradrenalin va kortizol gormonlari sintezlanib, inson DNKsi buzilishlariga olib kelishi isbotlatgan. Eng qizigʻi, kortizol gormoni inson hasad qilganida ham hosil boʻladi! Hujayrada kortizolning toʻplanishi DNK uzilishi, nuqsonlarga olib keladi. Buning oqibati, qator kasalliklar, jumladan, saraton paydo boʻlishi isbotlangan.

Xalqimizning: "hasad qilgan ich-ichini eydi" degan gapi bekorga emasligi mana shu erda oydinlashadi. Ich-ichining eyishlik - DNKning uzilishi, aslida. DNKning uzilishi esa irsiyatning buzilishi, irsiy axborotning koʻchirilishdagi nuqsonlar demakdir.

Hasadgoʻy insonlarning dardmand boʻlib yurishlari, aksariyat hollarda, bu holat nasl surishini shu bilan izohlash mumkin.

Eng hayratlanarli jihati, Islom bizga hasad qilmaslikni taʻʻlim beradi. Rasuli Akram sallollohi alayhi va sallam bejizga: "Olov oʻtinni eb bitirgani kabi hasad ham insonning goʻzal amallarini eb bitiradi" demaganlar.

Xulosa shuki, hasad tuygʻusi begona boʻlgan kishilar sogʻlom yashaydi, ularda irsiy nuqsonlar ham kuzatilmaydi.

Havas qilib yashaylik! Hasad qilib oʻzingizga jabr qilmang, DNKni asrang!

Baxtiyor Abdugʻafur

Mavzuga aloqador