12.08.2024 20:03
Nega islom dushmanlari Qurʻʻonni oʻzgartirisholmaydi?
Qurʻʻonning muhofaza qilinishi
Biror kimsa Qurʻʻonning hatto bitta harfini ham oʻzgartirolmaydi. “Albatta, bu zikrni (yaʻʻni Qurʻʻonni) Biz Oʻzimiz nozil qildik va uni Oʻzimiz asraguvchidirmiz” (Hijr surasi, 9-oyat).
Bir kishi oʻta ojiz, yolgʻiz holida, unga dushmanlik kayfiyatidagi sarkash qavm oldiga chiqib: “Qoʻlimdagi bu farmonning birorta harfini na siz va na sizdan keyingilar oʻzgartira oladi”, demoqda. Qavmning esa eng katta orzusi va istagi oʻsha farmonni yoʻq qilish, hech boʻlmasa, oʻzgartirish. Qiziq, bu rejalari va urinishlarining natijasiz qolishi u zotning qoʻlidagi farmon Allohning kitobi ekaniga dalil sifatida etarli emasmi?
Ha, Alloh taolo: “Albatta, bu zikrni (yaʻʻni Qurʻʻonni) Biz Oʻzimiz nozil qildik va uni Oʻzimiz asraguvchidirmiz” oyati bilan Qurʻʻonni asrashini, unga biror kimsa daxl qilolmasligini, biror jumlasi, soʻzi u yoqda tursin, harfini ham oʻzgartirolmasligiga vaʻʻda berdi. Qurʻʻon nozil qilinganidan beri oʻn toʻrt asr oʻtganiga va muborak Kalomning dushmanlari koʻp boʻlishiga qaramay, hech kim hech narsa qilolmadi, oʻzgartirish kiritolmadi. Boshqa samoviy kitoblar boʻlmish Injil va Tavrotga tahrirlar kiritgan aqllar hamda qoʻllar Qurʻʻonga etib borolmadi. Kelajakka oid boshqa gʻaybiy xabarlar singari “Qurʻʻonning oʻzgartirilmasligi”ga doir mazkur xabarning ham toʻgʻri chiqishi dalil boʻladiki, Qurʻʻon Allohning soʻzi va Muhammad sollallohu alayhi va sallam Allohning paygʻambaridir.