Qurʻʻondagi gʻaybiy xabarlar: Makka fathi
Qurʻʻoni karim - Allohning kalomidir. Undan bir qator gʻaybiy xabarlar ham oʻrin olgan boʻlib, ushbu gʻaybiy xabarlarga bagʻishlangan risolamizning navbatdagi qismida Makka fathi haqida suhbatlashamiz. Navbatdagi qism videosini saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.
Fath
surasining 27–28-oyatlarida shunday marhamat qilinadi: “Qasamki, Alloh oʻz
paygʻambariga (u koʻrgan) tushni roʻyobga chiqardi, albatta, sizlar (ey
moʻminlar!) Masjidul Haromga emin-erkin, boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan
va (yoki) qisqartirgan hollaringizda qoʻrqmasdan kirursiz, inshaalloh. Bas,
(Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib, undan (Makka fathidan) oldin
yaqin bir gʻalabani (Xaybar gʻalabasiga ega) qildi. U oʻz paygʻambari (Muhammad)ni
hidoyat va Haq din (Islom) bilan, u (din)ni barcha din(lar)ga
gʻolib qilishi uchun yuborgan zotdir. Allohning oʻzi (bunga) etarli guvohdir”.
Paygʻambarimiz
alayhissalom Madinada ekanlar, tushlarida moʻminlarning bemalol Masjidul Haromga
kirib, Kaʻʻbani tavof qilishayotganini koʻrdilar. Bu xushxabarni ashobga
bildirdilar. Chunki muhojir musulmonlar hijrat qilib chiqib kelishganidan beri
Makkaga borisholmayotgandi.
Alloh
taolo Oʻz huzuridan yordam va qoʻllov sifatida Fath surasining 27-oyatini vahiy
qildi va tushlarining toʻgʻri ekanligini, agar Oʻzi xohlasa, moʻminlarning Makkaga
kira olishlarini bildirdi.
Haqiqatan
ham, bir muddat oʻtib, oldin Hudaybiya sulhi tuzildi, ortidan Makka fath etildi.
Moʻminlar xavf-xatarsiz Masjidul Haromga kirib bordilar. Shu tarzda oyatda
aytilgan ikki gʻaybiy xabar tasdigʻini topdi. Musulmonlar Makkani fath qilishdi va
haq din Islom barcha dinlar ustidan gʻolib
boʻldi.
Lekin bir
narsani ham unutmaslik va oyatlarga quyidagicha nuqtai nazar bilan yondoshish kerak.
Koʻklamning boshida bahordan xushxabar etkazish oson. Lekin qishning oʻrtasida
koʻklamdan bashorat berish mushkul ish. Qurʻʻonda kelgan xabarlar ham qish oʻrtasida
navbahorni suyunchilash kabidir.
Zero, mazkur oyatlar tushgan paytda musulmonlar juda ojiz va son jihatidan kamchilik edi. Hijrat qilishga majbur boʻlib, vatanlarini, boru yoʻqlarini tashlab chiqishgandi. Kaʻʻba ziyoratiga kelishgan vaqtda ham Makka mushriklari izn bermagani uchun mahzun holda Madinaga qaytishgandi. Ana shu paytda Qurʻʻon ularning Kaʻʻbaga omonlikda kirishlarini va Islomning boshqa dinlar ustidan gʻolib kelishini bildirdi hamda bu haqiqatga aylandi.