09.04.2024 12:25

Alvido, ey mohi rahmat! (sheʻʻr)

Alvido, ey mohi rahmat, shahri gʻufron, alvido,
Aylading azmi safar, boʻlduk parishon, alvido,
Afv qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido,
Boisi savmu salotu, xatmi Qurʻʻon, alvido,
Alvido, ey rahmati Haq, mohi tobon, alvido.

Bir necha kun xoni ehsoningga hojatmand eduk,
Ham salotu xatmi Qurʻʻoning bilan xursand eduk,
Band edi iblislar, mehring-la shakkarxand eduk,
San ato maʻʻnidakim, bizlar sanga farzand eduk,
Tifl yangligʻ aylading bizlarni giryon alvido.

Hurmatingdin kechavu kunduz duo erdi qabul,
Hamdu lillah, bizga boʻlding xosi merosi Rasul,
Kelganingda shod etib, ketgoninga qilding malul,
Gar ato azmi safar qilsa qolur yigʻlab oʻgʻul,
Tez kel qaytub bizi qil shodu xandon, alvido.

Shomdin ilgori amr aylar malaklarga Gʻafur,
Bir qarang bandamga oldinda taom, obi tahur,
Bim etib mandin emaykim intizori shom erur,
Ham taomu obin ustiga toʻkunglar pok nur,
Afv qildim, qancha qilgan boʻlsa isyon, alvido.

Bir ajab mahsan hama mahlar aro qurbing azim,
Kim sani eʻʻzoz qilsa, hashrda bexavfu bim,
Hurmatingdin hurlar tobti yangi, koʻhna kiyim,
Sohibi iftor erur mahsharda ozodi jahim,
Qaysi mah san yangli sohib, xayru ehson, alvido.

Hurmatingdin gʻarqi nur erdi bu jismu jonimiz,
Ravshan erdi xatmi Qurʻʻoning bilan imonimiz,
Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,
Alvido, ey rahmati Haq, koʻb erur nuqsonimiz,
Jurmu isyonimni qil Haq soʻrsa pinhon, alvido.

Kim sani boringda behad erdi ehsonu savob,
Emdi xush ket, to keluncha boʻldi ahvolim xarob,
Kim sani eʻʻzoz etar, jannat egosi behisob,
Xatm qildim arzimi, vallohu aʻʻlam bis-savob,
Mashrabingdin rozi boʻl, ey yaxshi mehmon, alvido!

Muxlis Namangoniy

Mavzuga aloqador