Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 328 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Nusayrat lageri, Dayr al-Baloh va Xon Yunisga
hujum qildi. Kun davomida 51 kishi halok boʻldi.
▪️2023 yil 7 oktyabrdan buyon 40585 nafar falastinlik
eksklavda Isroil tajovuzi qurboni boʻldi, ulardan 10980 nafari ayol va kamida
16589 nafari bolalar, yana 93778 nafari yaralangan.
▪️Gʻarbiy Sohilda natsistlar 2002 yildan beri eng yirik
hujumlarini davom ettirmoqda. Butun bir jangovar divizion ishtirok etmoqda.
▪️Bosqinchilar hujum qilinayotgan shaharlar roʻyxatini kengaytirdi. Nablus, Xalil,
Baytlahm va Shuafat lageriga hujum qilindi. 12 falastinlik halok boʻldi, 22 kishi
yaralandi, oʻnlab odamlar hibsga olindi.
▪️TsAXAL
harbiylari Gʻazo sektorida BMT Oziq-ovqat dasturi xodimlarining avtomobiliga 10
marotaba oʻq uzdi. Hujum oqibatida tashkilot xodimlari jabrlanmadi, biroq
faoliyatini qisqa muddatga toʻxtatdi.
▪️Iroq
qarshilik kuchlari Hayfa elektr stantsiyasiga hujum qildi.
▪️Evropa
Ittifoqi rahbari Smotrich va Ben Gvirga qarshi sanktsiyalar joriy etishga chaqirdi.
▪️BMT bosh
kotibi Isroilni Gʻarbiy Sohildagi harbiy amaliyotini zudlik bilan toʻxtatishga
chaqirdi.
▪️Ishgʻol
matbuoti: “10 oydan keyin charchadik”. Gʻazodagi barcha brigada va batalʻonlardan
oʻnlab askarlar sulh va dam olishni soʻradi.
▪️Eron
diplomatik vakolatxonasi husiylar 21 avgust kuni tongda Qizil dengizda hujum
qilgan Sounion tankerini olib ketishga rozi boʻlganini maʻʻlum qildi. Kemadagi
yongʻin haligacha davom etmoqda va dengizga neftʻ oqib tushish xavfi mavjud.