“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 23-qism)
Oʻninchi fasl
Mahmud akam oʻqishdan yozgi taʻʻtilga kelgan sarafarlarining
birida u bilan bir yigit ham hamroh boʻlgan.
Tergov jarayonida taftish qilayotib, yonidan Misrdagi «Fath» harakati boʻlimiga aʻʻzo
boʻlganlar roʻyxati yozilgan
maktub chiqqan. Ushbu roʻyxatda
Mahmud akamning ham ismi boʻlgan. Maktubda roʻyxatga tushirilganlar Gʻazoda amaliyot
ishtirokchilari boʻlishi yozilgan. Mahmud akam shu maktubga binoan hibsga olingandi.
Gʻazo markazidagi tergovxonada gumondorlarni kesib, chopib azoblashganidan u er «Kushxona» deyilardi. Tergovxona eniga toʻrt, boʻyiga yigirma metrcha keladigan
binodan iborat edi. Turli hajmdagi eshiklari boʻlib, shu eshiklar ortida tergov qilinardi. Bino
ichida uzun yoʻlak bor. Tergovga olib kelinganlarni shu yoʻlakka oʻtqazib yoki qoʻllarini orqaga
bogʻlangan holda devorga qaratib qoʻyilardi. Boshlariga esa elkasigacha yopadigan xalta kiydirib qoʻyishardi. Harbiylar
ularning orasida yurib, uzluksiz birini tepib, birini shapaloqlab urardi. Kimdir
hushidan ketsa yoki
oʻzini yoʻqota boshlasa, ustidan
muzdek suv quyib yuborishardi. Vaqti-vaqti bilan
biror bir asirni xonalarning
biriga sudrab olib
kirib ketishardi. U xonada arab tilini
chala-chulpa gapiradigan bir necha tergovchi kutib olardi. Ular ham qaytadan
minglab savollar yogʻdirishar, uzluksiz kaltaklashardi. Tergovchilarning biri
gumondorga doʻst rolini oʻynardi. Oʻzini unga rahmi kelganday tutib, shirin soʻzlar bilan avrashga oʻtardi.
Doʻpposlayotgan tergovchilarga baqirib «Bas qilinglar! Boʻldi-da-e.. Shunchalar
shafqatsizmisiz?! Oʻzim gaplashaman u bilan, qochinglar hammanglar! Nari turinglar!» derdi. Qolganlar unga
yopirilsa, ulardan himoya qilib toʻsardi.
- Soʻzlashga
qoʻyinglar. Doʻpposlash bilan nimaga erishasizlar?! Aybini eʻʻtirof etmoqchi shundoq
ham. Azoblashdan nima naf?!
Qolganlarni tashqariga chiqarib yuborib, shirin soʻzlar bilan gap
boshlardi. Tamaki uzatib, gugurt chaqib berar, choy quyib berar va hamma narsani
bilishlarini aytib, oʻzini bunchalar azobga qoʻymasligini, baribir tashqaridagi
yovuzlar boʻyniga olishga majbur qilishini aytib avrardi. Reja ish bersa, yozib
berishini soʻrardi. Oʻxshamasa, yana tashqaridagilarga qoʻyib berardi.
Asir boshida qopchiq,
qoʻli orqaga qilib kishanlangan. Tergovchilarning biri koʻkragiga oʻtirib, boʻgʻa
boshlaydi. Boshidagi xaltaning
ustidan suv quyadi. Ikkinchisi qorniga oʻtirib oladi. Uchinchisi ikki oyogʻini ikki
tarafga kerib, orasiga kursi qoʻyib oʻtirvoladi va oyogʻi bilan uning moyagini ezgʻilaydi. Yana ikitasi oyoqlarini
mahkam ushlab turadi. Bu - azoblashning birinchi bosqichi. Keyin ikkinchi bosqichga oʻtishadi. Birinchi bosqichdagi uslubni stolga
yotqizishib davom etishadi. Soʻng kishanlangan
qoʻlidan simga bogʻlab,
shiftga osishadi. Bu holatda oyoqlarining barmoq uchlari erni tegar-tegmas silab turadi. Shu
holda keyin qorniga mushtlab urishadi, jismidagi istalgan qismiga tepishadi.
Ustidan sovuq suv quyib, ventilyatorni qaratib qoʻyishadi. Bu holatda asir sovuqdan
titrab, badani muzdek qotib qoladi.
Yuqorida aytilgan qiynoq uslublarining barini Mahmud akamga ham
qoʻllashgandi. Qiynoq shu darajada kuchli boʻlgan-ki, aʻʻzoyi badanida koʻkarmagan
joyi qolmagan. Afti-angorini tanib boʻlmas shaklga keltirilgan. Oʻsha "Kushxona"da qirq kun na
tuzukroq taomlanmay, na yaxshi uxlamay va na yuvunmay yashagan. Kuchli qiynoqlar
natijasida oʻlib qolish xavfi mavjud boʻlib qolsa, tushirib, bir zindonga kiritib qoʻyishadi. Eni bir yarim, uzunasi ikki
metrlik bu tor
xonada besh-olti kishi yotardi.
Ularning hammasi uyqusizlik va vahshiyona qiynoqdan aziyat chekkanlar. Bir-biriga
suyanib, qattiq uyquga
ketishadi. Shu bilan yana jallodlarning qoʻlida uygʻonadi. Olib chiqib, yana qaytadan
tergov qilishadi.
Mahmud akam bir necha hafta hech nimani boʻyniga olmadi. Ular
oʻqishdagi talabalarning yonidan harakatga aʻʻzo boʻlganlar roʻyxati topilganini, roʻyxatda
uning ham ismi borligini aytib soʻroq qilishardi. Mahmud akam bari boʻxton ekanligini aytib, qatʻʻiy
inkor qilib turavergan. Boʻyniga olmagach, qayta-qayta qiynoqqa solishgan.
Akam nihoyat
ular oʻz holiga qoʻymasliklarini anglab boʻlgandi. Shuning uchun bir inson uni
«Fath» harakatiga aʻʻzo qilganini, Gʻazoga qaytganida oʻzlari aloqaga chiqishi
kerakligini aytib, tan oladi. Bor boʻlgan gap shu ekanini aytsa ham, tergov
qaytadan boshlanadi: «Qurol ishlatganmisan?», «Senga nima vazifa berilgan?»,«Yana kimlar aʻʻzo
boʻlgan?», «Boshqalarni ham bunga
daʻʻvat qilganmisan? Kim ular?» kabi
minglab savollar berishardi. Savollarga javob berishdan bosh tortsa, yanada
kuchliroq qiynoqqa duchor qilishardi. Shundan soʻng Mahmud birinchi ayblovni boʻyniga
olganiga pushaymon boʻldi. Qayta-qayta qiynoqqa tutildi, uzoqroq muddatga mahkum
etildi. "Kushxona"dan
tergovchilarning shaloq ovozlari,
tergov qilinayotganlarning
baqiriqlari kunu tun uzilmasdi.
Qirq kungacha tergovchilar akamdan boshqa maʻʻlumot ololmadilar. Bir-ikki
hafta izolyatorga
solib qoʻyishdi. Keyin oddiy qamoqqa yuborildi. Qamoqxona boʻlimlarining birida mahbus
libosini kiydirib,
yigirma kishilik
xonaga qoʻyishdi. U erda falastinlik birodarlari iliq kutib olishdi. Hammasi
oʻzlarini tanishtirib, kim qaerdan, qancha muddat olgan va nima tuhmat bilan
qamalganlari haqida suhbatlashib oʻtirishdi. Mahmud akamning tashvishi - onamni, bizni tezroq koʻrish edi. Oʻzining
hamon tirik ekanini, boshqalar kabi uzoq muddat berilmaganini etkazib, xotirjam qilishni xohlardi.
Xonadoshlaridan oila bilan qachon uchrashish mumkinligi haqida soʻradi. Ular har oyning
birinchi jumasida
koʻrishish mumkinligini
aytishdi. Ichidan sogʻinch hissi vulqon boʻlib otilayotgan Mahmud akam biz bilan
koʻrishish uchun yana oldinda ikki hafta borligini angladi. Onam boʻlsalar, yaqinlari
hibsda boʻlgan qoʻni-qoʻshnilardan, xususan, qoʻshnimiz Ummu Abddan koʻrishga borganda
nimalar olsa boʻlishi, egulik va kiyim-kechak olib borsa kirgishadimi-yoʻqmi, shular haqida
maʻʻlumot yigʻib yurardi. Ziyoratga oʻzi bilan uch kishigina borishi mumkin ekan. Kattalardan ikki kishi va
bir yosh bola yoki uch katta. Kimlar onam bilan borishini koʻp muhokama qildik. Hamma birga borishni
xohlardi. Oxiri onam Fotima opam, men va Maryamni boradi, dedi. Hasan akamning jahli chiqib ketdi.
Oʻtirgan joyidan otilib turib «Nega men bormayman?!», dedi.
Onam unga
birinchi marta uchrashishlari ekani, u borsa harbiylar bilan janjallashib qolishi mumkinligini aytib,
Mahmud akam bilan uchrashuvni bekor qilishlaridan qoʻrqayotganini tushuntirdi. Qoni qiziq, ulgʻayib,
muskullari boʻrtib qolgan,
ovozlari yoʻgʻonlashgan
Hasan akam salgina
izza qilishsa ham chidolmay,
olishib ketishi mumkin edi-da. Onamning rayini qaytarolmay, istamasa ham qolishga
rozi boʻldi.
Davomi bor…