“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 21-qism)
Bosqinchi
kuchlar tomonidan oʻzlariga qarshi jangarilarni nazorat qilish, ularning harakatini
keskin pasaytirish maqsadida bir qancha tartib-qoidalar joriy qilingandi.
Jumladan, mintaqada yashovchilarning sonini aniqlashga kirishib, har bir balogʻatga
etkan insonga shaxsini tasdiqlovchi hujjat berishdi. U hujjatlarda balogʻatga
etmagan farzandlari ham kiritildi. Hatto tugʻuladigan goʻdaklarini ham roʻyxatga
kiritish qolib ketmagandi. Bularning barchasi uchun hujjat toʻgʻrilab beradigan
idora tashkil qilib, fuqarolar ishi bilan shugʻullana boshladilar. Shu tarzda harbiy
hokim bilan uyboshi va mahalla faollari orasida aloqa hosil boʻldi. Vaqti-vaqti
bilan ularni harbiy hokim huzuriga chaqirib turadigan, odamlarga nimani
etkazmoqchi boʻlsalar, aynan ular orqali etkazishadigan boʻldi. Qarabsizki, uyboshi
va mahalla faollari moʻylab qoʻyib, boshiga rasmiy libos kiyib, hokim huzuriga
qatnaydigan boʻlishdi. Odatda hokim ularga hurmat bilan muomalada boʻladi. Illo,
namoyishlar yo amaliyotlar boʻlsa, ularni turgizib olib, boplab tanbeh beradi.
Shunday vaqtlarda ularning birortasi soʻzlamoqchi boʻlsa, «Janob hokim!» yo «Hokim
hazratlari!» deya lagambardorlik ila murojaat qilishadi.
Uyboshilarga
maxsus muhr berilgan boʻlib, kim tashqariga safar qilmoqchi boʻlsa yo biror ish
boshlamoqchi boʻlsa, yo uy solmoqchi boʻlsa, qoʻyingki, qanday rasmiy ishga ehtiyoji
tushsa, oʻsha uyboshilarga borishi lozim edi. U hujjatini muhrlab, baʻʻzan evaziga
choychaqa ham olib turardi. Harbiy bosqinchilar qoʻllariga xaritani olvolib, kunni
kun demay, tunni tun demay qanday maxfiy erlari boʻlsa, barchasini oʻrganib
chiqdilar. Goh piyoda, goh ulovda yurib, sohili qolmay, vodiysi qolmay, qir-u
adirlarigacha oʻrganib chiqishdi. Shahar-u qishloq va lagerlarda ikki-uch yo toʻrt saf
boʻlib yurgan oʻnlab askarlarni koʻrish mumkin boʻlardi. Har birining qoʻlida miltigʻi
boʻlib, oʻnga-chapga nazar solib yurardi. Oxirgi safdagilari boʻlsa, orqadan hujum
boʻlmasligi uchun tez-tez orqaga toʻliq oʻgirilib turishardi. Baʻʻzida toʻxtab,
boshliqlari xaritasiga nazar tashlagach, yana belgilangan manzilga qarab harakatlanardi.
Gohida koʻchada ketayotgan yigit yo kishilarni toʻxtatib, hujjatini soʻrashardi. Keyin
zobitlardan biri choʻntagidan qidiruvga berilganlar nomi tushirilgan qogʻozni olib,
tekshirib chiqardi. Har kun, boʻlmasa, kun ora oʻnlab katta-katta «Jip» moshinalari
biror xiyobonga yoki kimningdir uyiga fidoyilarni yoki ularga yordam berganlarni
qoʻlga olish uchun kelardi. Qaytayotganlarida biror kishining qoʻlini kishanlab,
boshiga harbiy tusdagi xaltani kiydirgan holatda olib ketishayotganini koʻrardik.
Baʻʻzan olib ketilayotgan kishini kiyimidan tanib qolardik yoki umuman tanimasdik.
Shu ketishda toʻgʻri tergovga olib ketardilar.
Ular qanchalar vaziyatni qoʻlga olishga urinmasin, fidoyilarning qarshilik amaliyotlari davom etaverardi. Har uch-toʻrt kunda portlash ovozidan soʻng bir qancha bosqinchi harbiylarning oʻlgani yo yaralanganini eshitardik. Yoki boʻlmasam, qaysidir fidoyi bosqinchilarning piyoda askarini quroli bilan nishonga olish kabi holatlar tez-tez boʻlib turardi. Lekin fidoyilar bu ishlarni deyarli ochiq-oydin qilishardi. Ularning biri odamlar oldidan oʻtayotganda kiyimi ichiga yashirgan quroli yo xaltaga solib olgani yaqqol sezilib turardi. Qurol koʻtarib oʻtib ketayotganini hamma bilib turardi. Baribir bu oshkoralik sekin-asta maxfiy yoʻlga koʻchishga majbur boʻldi. Etmishinchi yillarning boshlarida «101» deb nomlangan boʻlim tashkil etildi. Uning qoʻmondoni qizil bosh kiyimda tanilgan, xalq orasida «Qizil qalpoq» laqabi bilan mashhur Mair Dajen ismli shaxs boʻlgandi. U oʻziga xos yovuz uslublari bilan harbiy amaliyotlarda hurmat qozongandi. Oʻshaning brigadasi xiyobonlar-u koʻchalarga bostirib kirib, shubhali koʻringan kishilarni oʻqqa tutavergan. Oddiy aholiga hech qanday had-chegaralarsiz tajovuz qilardilar. Shunday yovuzlik va qonunlarga rioya qilmasligi orqasidan fidoyilarning harakatini susaytirishga erishishdi.
Ushbu
brigadaning har bir tarkibi yigirmatagacha jismonan baquvvat, oʻta kuchli
tayorlangan maxsus harbiylardan iborat edi. Eng zamonaviy qurollar bilan
qurollantirilgan, boshiga qizil rangdagi harbiy bosh kiyim kiyishgan, qoʻlida
kaltaroq tayoq, kamarida esa simsiz aloqa jihozi boʻlib, undan chiqadigan ovozlar shaklda
baland eshitilib turardi.
Shulardan
biri qaysidir fidoyining amaliyot uyushtirish arafasida sezib qolib, taʻʻqib qila
boshlaydi. Boyagi fidoyi berkinishga ulgurgandi. Darhol simsiz uzatgich jihozidan
oʻsha mintaqaga yordamchi kuch soʻrab xabar qilganida, darrovda yordamchi kuchlar kelib
oʻsha mintaqani oʻrab olishdi. Erkag-u ayolni, katta-yu kichikni tashqariga olib chiqib,
bir chetga tizib qoʻyishdi. Tergovchilar ular bilan birma-bir tergov olib bordi.
Oʻzlari taʻʻqib qilishayotgan yigitni yashiringan deb gumon qilishgan xonadonlarni
agʻdar-toʻntar qilishdi. Alaloqibat izquvarlar uning izini topgach, karnay orqali
tashqariga chiqishini talab qilishdi. Hech qanday javob sezishmagach, yashiringan deya
gumon qilingan tuynukka gronata uloqtirishdi. Oʻsha maskan vayron boʻlguniga qadar
portlatdilar. Yakson qilib boʻlgach, ekskavator olib kelinib kovlatishdi.
Vayronalar ostidan, halok boʻlgan toʻrt nafar fidoyini topishdi.
Vaqtlar
oʻtib, «Xalq ozodligi» harakatining nufuzi pasayarkan, undan ajralgan kishilar «Fath»
harakati tarkibiga qoʻshila boshladi. Baʻʻzi mintaqalarda esa «Xalq Fronti» harakatidagi
kishilar har amaliyot ketidan qoʻlga olinaverishlari oqibatida tarkibida ozchilik
qolgandi. Xususan, soʻnggi amaliyotilaridan keyin oʻnlab yigitlari qoʻlga olinib,
faoliyati deyarli toʻxtab qolgandi. Tunda eri va farzandlari qoʻlga olingan ona qaygʻudan
koʻz yosh toʻksa, boshqasi tongda zagʻruda chalib, oylab, yillab tutqunlikda qolgan
jigargoʻshalarining qorongʻu zindonlardan ozod etilib, uyga qaytganini nishonlardi.
Xalilda boʻlsa, bosib olinganidan bir necha kundan soʻng hibsga olishlar boshlab
yuborildi. Oʻshanda Isroil qoʻmondonlari Xalildagi faollar rahbari shayx Muhammad
Aliy Al-Jaʻʻbariyning xonadoniga tashrif buyurishib, unga hurmat bajo qilishgan.
Shuningdek, Shayxning qanday talab va istaklari borligini soʻrashgan. Shayx ulardan
harbiylari oddiy aholiga va ularning mol-mulklariga tajovuz qilmasliklarini
soʻragan. Ular bunga vaʻʻda berishgan ekan. Chindan ham, Xalilda shayxning bu istagi
bajarilganini mulohaza qilsa boʻlardi.
Vaqtlar
oʻtib, baribir, erlarni keng qamrovli musodara qilinish boshlandi. Jumladan,
qolgan oilalar erlariga qoʻshib, shayx Jaʻʻbariyning ham erlari musodara qilindi.
Oʻrniga oʻzlariga turar-joylar qura boshlashdi. To «Xolid Ibn Valid» masjidiga
qadar turar-joy qurishda davom etishdi. Bundan tashqari, «Usoma Bin Munqiz» nomidagi
maktabni ham egallab olishgan, qolaversa, shahar markazida joylashgan mashinalar
turargohini ham oʻzlashtirib, sekin-asta harbiy qarorgohga, keyinchalik oʻzlarining
aholisini «Ibrohimiy sharif haram»iga olib boradigan yoʻlga aylantirishdi. Bu «haram»ni
yahudlar oʻzlariga tegishli muqaddas dargoh deb bilishar, u erdan musulmonlarni
siqib chiqarishga urinishardi.
Dushman bora-bora harbiy bosqinni ham kuchaytiraverdi. Bu ishni aholiga adovat qilmagan holatda, bosiqlik bilan amalga oshirdi. Imkon qadar odamlar bilan yaxshi muomalada boʻlishga harakat qilgan. Yoki, hech boʻlmaganda, adovat qilmay kirib borgan. Masalan, arab qizaloqni yahudning bolasi urib qoʻysa, Lifoner kabi xoxomlar yaxshi qoʻshnichilikni davom etmoqchiligini ifoda etib, arablar urfiga monand ravishda mahkamaga borib, etkazgan zararlarini qoplab berishardi. Muhimi, arablar bilan tinch-totuvlikda davom etishni istardi.
Quddus
bilan Beyt-Lahm orasini bogʻlab turuvchi yoʻlga yaqin «Duhaysh» va «Uʻʻrub» lagerlaridagi
kabi keskinlik sovib ulgurmagan mintaqalarda hukumat odamlari, sayyohlar,
harbiylar shu yoʻldan harakatlanib borayotganida harbiyga qarshi amaliyatlar
uyushtirib turilardi. Buning ortidan bir necha odam qoʻlga olinar, qayta karantin
joriy qilinardi.
Davomi
bor...