21.04.2025 15:24
61

Shavkat Mirziyoev Rim papasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoev Rim papasi Frantsiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.



Qayd etilishicha, Mirziyoev oʻz maktubida Rim papasi Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, dinlar va konfessiyalararo doʻstlikni mustahkamlash, butun jahonda muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ezgu gʻoyalarni keng targʻib etish ishiga munosib hissa qoʻshganini taъkidlagan.


Oʻzbekiston prezidenti Vatikan xalqiga, er yuzidagi butun katoliklarga chuqur taъziya va hamdardlik bildirgan.


Maъlumot uchun, Rim papasi Frantsisk 21 aprelь kuni 88 yoshida vafot etdi. U 2013 yil Rim-katolik cherkovi rahbariyatini oʻz qoʻliga olganidan beri jami toʻrt marta kasalxonaga yotqizilgan. Frantsisk 2021 yilda qorin boʻshligʻida jiddiy jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan. Bundan tashqari, 2023 yilda chandiq toʻqimasini va qorin churrasini davolash maqsadida yana bir operatsiyani boshdan kechirgan.