21.05.2025 17:05
152

Zelenskiyga suiqasd tayyorlaganlikda gumonlangan shaxsga ayblov qoʻyildi



Polьsha prokuraturasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd tayyorlashda Rossiya razvedka xizmatlariga yordamlashgan erkakka rasmiy ayblov qoʻydi.

Maъlum qilinishicha, Pavel K. deb tanilgan shaxs 2024 yil aprelь oyida Polьsha va Ukraina maxsus xizmatlarining qoʻshma amaliyoti natijasida qoʻlga olingan. Ayni paytda unga 8 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Tergov hujjatlariga koʻra, Pavel K. Rossiya harbiy razvedkasi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. U ruslarning iltimosiga binoan Polьshaning janubi-sharqida joylashgan Jeshuv-Yasyonka aeroportining xavfsizlik tizimi haqida maъlumot toʻplagan. Polьsha rasmiylarining taъkidlashicha, ushbu maъlumotlardan Zelenskiyga suiqasd uyushtirishda foydalanilishi mumkin edi. 

Eslatib oʻtamiz, 12 may kuni Londonda Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan olti nafar bolgar fuqarosiga hukm oʻqilgan.

Mavzuga aloqador