"Zelenskiydan soʻra": BAA Netanyaxuning falastinlik ishchilarga pul toʻlash soʻrovini rad etdi
Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu 7 oktyabrʻdan soʻng Isroilga kirishi taqiqlangan Gʻarbiy Sohildagi falastinliklarga ishsizlik nafaqasini toʻlashni soʻrab BAAga murojaat qildi. BAA rahbari esa unga pulni Zelenskiydan soʻrashni tavsiya qildi.
BAA
prezidenti shayx Muhammad ibn Zayd Ol Nahayon Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxuning
7 oktyabrʻ kuni HAMAS hujumidan soʻng Isroil hududiga kirishi taqiqlangan, bosib
olingan Gʻarbiy Sohildagi falastinlik ishchilarga «ishsizlik» nafaqasi toʻlash
haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda Isroilning Azios nashri ushbu hodisadan
xabardor rasmiy manbaga tayanib xabar qildi.
Shayx Muhammad
ibn Zayd Ol Nahayon Netanyaxuga kinoya oʻlaroq Gʻarbdan katta miqdorda moliyaviy
yordam olayotgan Ukraina prezidentiga ishora qilib, "Zelenskiydan soʻra",
deb aytgan.
Isroillik
rasmiyning fikricha, ushbu rad javobi koʻplab arab davlatlarining Isroilning
urushdan soʻng Gʻazo va Gʻarbiy Sohilda status kvoni (urushdan oldingi nazorat –
tahr.) saqlab qolishi uchun toʻlamasligini anglatadi.
Isroil nima uchun BAAdan yordam soʻradi?
HAMAS
bilan bogʻliq mojarodan soʻng Isroil hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan Isroil
hududida Gʻarbiy Sohildan kelib mehnat qilayotgan 100 mingdan ziyod falastinliklarni
oʻz hududiga kirishini taqiqlab qoʻydi.
Falastin
iqtisodiyotining yomonlashib borayotgani va urush tufayli ishsizlikning ortishi Isroil
xavfsizlik kuchlari va Bayden maʻʻmuriyati oʻrtasida bunday sharoitlar Gʻarbiy
Sohilda zoʻravonlik holatlarining kuchayishiga olib kelishi mumkinligi haqidagi
qoʻrquvni kuchaytirdi.
Oʻta
millatchi moliya vaziri Bezalel Smotrich boshchiligidagi Isroil Iqtisodiy Vazirlar
Mahkamasi Isroil Mudofaa vazirligining baʻʻzi falastinlik ishchilarni Isroilga
kirishiga ruxsat berish taklifini rad etdi.
Isroil
mudofaa kuchlari va Shin Bet xavfsizlik agentligining bosimiga qaramay, Netanʻyaxu
Smotrich va boshqa radikal oʻng qanot vazirlar isteʻʻfoga chiqish bilan tahdid
qilganidan keyin bu masalani xavfsizlik kabinetida ovozga qoʻymaslikka qaror
qildi.
Koalitsiya
aʻʻzolariga toʻqnash kelmasdan muammoga echim topishga harakat qilgan Netanʻyaxu
boshqa davlatlarni Falastin ishchilariga ishsizlik nafaqasi berishni soʻrab murojaat
qilishga majbur boʻldi.