Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Rossiya chegarasi yaqinidan yoʻllagan videomurojaatida Ukrainaga begona hududlar emas, 6992 kilometrlik chegara boʻylab tinchlik va osoyishtalik kerakligini maʻʻlum qildi.

Ukrainaga begona hududlar emas, 6992 kilometrlik chegarada tinchlik va osoyishtalik kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mustaqillik kuni munosabati bilan oʻz videomurojaatida maʻʻlum qildi.

Zelenskiy Rossiya bilan chegaradan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan Psel daryosi yaqinidagi Sumi viloyatidan videomurojaatni yozib oldi.

“Bugun biz Ukraina Mustaqilligining 33 yilligini nishonlayapmiz. Dushman yurtimizga olib kelgan narsa esa endi oʻz uyiga qaytdi. Kim bizning erlarimizni bufer zonaga aylantirmoqchi boʻlsa, mamlakat bufer federatsiyaga aylanib qolmasligi haqida oʻylashi kerak”, — dedi prezident.

Uning taʻʻkidlashicha, "Rossiyaning davlat va xalq hayotiga tahdid manbai boʻlgan har bir nuqtasiga ertami-kechmi Ukrainadan javob keladi".

“Yurtlarimizga tinchlik va osoyishtalik kerak. Butun chegaramiz uzunligi 6992 kilometr. Quruqlikda ham, dengizda ham, havoda ham, mamlakat ichida ham – hamma joyda qadriyatlarimizni asrab-avaylaymiz”, — dedi Zelenskiy.

Uning soʻzlariga koʻra, "ukrainaliklar har doim qarzlarini qaytarishadi".

“Yurtimizga falokat tilagan kishi esa uni uyida qabul qilib oladi. Foizlari bilan. Yurtimizga yomonlik sochmoqchi boʻlganlar uning mevasini oʻz hududida terib oladi. Bu bashorat emas, maqtanish emas, koʻr-koʻrona qasos olish emas, bu namunadir. Adolat. Yovuzlik uchun bumerang”, — deya qoʻshimcha qildi Ukraina prezidenti.

U, shuningdek, Rossiya ukrainaliklarga oʻzining "qizil chiziqlari"ni buyurmasligini, chunki Ukraina oʻz yoʻlini tanlashini taʻʻkidladi.

Ukraina 24 avgust kuni oʻzining Mustaqillik kunini nishonlaydi.

Mavzuga aloqador