12.08.2025 12:09
102
Zelenskiy Rossiya bosib olgan hududlardan voz kechishga tayyor
Ukraina Evropa qoʻllab-quvvatlagan tinchlik rejasi doirasida jangovar harakatlarni toʻxtatishga va Rossiya armiyasi nazorat qilayotgan hududlardan voz kechishga tayyor.
The Telegraph'ning xabar berishicha, prezident Vladimir Zelenskiy dastlab bunday kelishuvga qarshi chiqqandi. Shunga qaramay, u Rossiya allaqachon egallab olgan erlarining bir qismini saqlab qolishi mumkinligini istisno etmadi.
Bu front chizigʻini hozirgi koʻrinishida “muzlatib qoʻyish”ni, yaъni Lugansk, Donetsk, Zaporojьe, Xerson viloyatlari hamda Qrimning egallangan hududlari ustidan nazoratni Rossiyaga oʻtkazishni anglatadi. Yon bosish ehtimoli AQSh va Rossiya rahbarlarining 15 avgust kuni Alyaskada boʻlib oʻtadigan uchrashuvi arafasida muhokama qilinishi mumkin.
Tahlilchilarning fikricha, Putin urushdagi maqsadlarini oʻzgartirmagan. U Ukrainadagi Evropa tarafdori boʻlgan hukumatni agʻdarib, uning oʻrniga Moskvaga sodiq “qoʻgʻirchoq rejimni” oʻrnatmoqchi.