Zalujniy: Ukraina tinchlik evaziga hududining bir qismini Rossiyaga berishi mumkin
Ukraina Qurolli Kuchlarining sobiq rahbari, hozirda
Ukrainaning Londondagi elchisi Valeriy Zalujniy jangovar harakatlarni tugatish
uchun hududlarning bir qismi
Rossiyaga berilishi mumkinligi haqida gapirdi. Mazkur bayonot Ukraina rahbariyatidagi
tub oʻzgarishlarni koʻrsatishi mumkin.
Britaniyaning The Daily Telegraph nashriga bergan intervʻyusida
Zalujniy Kiev uchun hozirgi bosqichda xavfsizlik masalalari hududiy bahslardan
muhimroq ekanini aytdi.
U sabzavot
bogʻini misol qilib keltirar ekan, shunday dedi: “Agar qoʻshnim bogʻimning bir
qismini oʻzlashtirib olgan boʻlsa, biz bu masalani hal qilishimiz kerak. Hozir
boʻlmasa, farzandlarimiz buni qiladilar”.
Zalujniyning
ushbu soʻzlari qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Zero, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir
Zelenskiy barcha yoʻqotilgan hududlarni qaytarish tinchlikka erishishning ajralmas
sharti ekanini taʻʻkidlagan edi. Bu oʻtgan hafta taqdim etilgan "gʻalaba
rejasi"da ham yozilgan.
Britaniya
nashrining taʻʻkidlashicha, Zalujniyning bayonoti Ukraina rahbariyatidagi tub
oʻzgarishlarni koʻrsatishi mumkin, chunki ilgari hududlarni imtiyozlar mavzusi
taqiqlangan edi. Gazeta jurnalistlari suhbatlashgan Ukraina harbiy manbalari ham
mojaroning tezroq tugatilishi tarafdori ekanini bildirib, katta yoʻqotishlar va
tez gʻalaba qozonib boʻlmasligini qayd etishgan.
Ayni
paytda, Gʻarb urushning uzayishi Rossiyaning 2025-2026 yillardagi pozitsiyasini
zaiflashtirishi mumkin, deb hisoblaydi, ammo ukrainaliklar uchun tinchlik hozir
muhimroq.
2024
yilning fevraligacha Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni lavozimida ishlagan
Zalujniy prezident Zelenskiy bilan kelishmovchilikdan soʻng ishdan boʻshatilgandi. Keyinchalik
u Londonga elchi etib tayinlandi. Hozirda Ukraina Qurolli Kuchlari qoʻmondonligiga
Aleksandr Sirskiy boshchilik qilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyunʻ oyida tinchlik oʻrnatish
uchun oʻz shartlarini qoʻygandi:
barcha Ukraina qoʻshinlarini Moskva daʻʻvo qilgan toʻrtta hududdan - Donetsk, Lugansk, Zaporojʻe va Xersondan olib chiqib
ketishi kerak. Bundan
tashqari, u Kievdan NATOga aʻʻzo
boʻlmaslik hamda neytral maqomini saqlab qolishni talab qildi.
Zelenskiy bu talablarni ulʻtimatum deb atadi va uning Oliy
Radada taqdim etilgan “gʻalaba rejasi” jangovar harakatlarni davom ettirish hamda Ukrainaning NATOga
kirishini oʻz ichiga oladi.