13.10.2025 16:09
280

Yaqin Sharqda yangi tartibot oʻrnatilmoqda – siyosiy tahlilchi


 
Rossiyalik siyosiy tahlilchi Maksim Shevchenkoning fikricha, Yaqin Sharqda yangi oʻyinchilar paydo boʻlmoqda. Bu esa Netanyaxuning "Buyuk isroil" orzusi barbod boʻlayotganidan darakdir.   
 
Ayni vaqtda Misrning Sharm ash-Shayx shahrida Gʻazo boʻyicha sammit oʻtkazilmoqda. Uchrashuvdan maqsad - Tramp rejasi asosida urushdan keyingi siyosiy tartibotni belgilash. 
 
 Rejaning asosiy bandlari: 
 
1. Urush isroil hukumati roziligidan soʻng darhol toʻxtatiladi. isroil bunga rozilik berdi. 
 
2. Gʻazoga insonparvarlik yordami toʻsiqlarsiz kiritilishi. Bu jarayon ham boshlandi. 
 
3. isroil armiyasi Gʻazo sektoridan chiqadi, XAMAS esa garovdagilarni (tirik va halok boʻlganlarni) ozod qiladi. Barcha garovdagilar qaytarilib boʻldi. 
 
4. Shundan soʻng isroil oldindan kelishilgan roʻyxat boʻyicha falastinlik mahbuslarni ozod qiladi: 250 umrbod jazosini olgan va Gʻazoda hibsga olingan 1700 kishi. Biroq ikki shaxs ozod etilmaydi: FATH faoli va M.Abbosning ehtimoliy vorisi Marvon Bargʻutiy va HAMASning “Nuxba” etakchi boʻlinmasi komandiri Ahmad Saadat. 
 
5. Gʻazoga AQSh, Misr, Turkiya va Qata tinchlikparvar kuchlari (harbiy kontingent) kiritiladi. 
 
Hech shubhasiz, bu kelishuv isroil uchun strategik magʻlubiyat: 
 
Birinchidan, Binyamin Netayaxu hukumati Gʻazoni na anneksiya qila oldi, na falastinliklarni u erdan quvib chiqara oldi - demak, “Buyuk Isroil” orzusi barbod boʻldi. 
 
Ikkinchidan, urushdan keyingi tartibda Isroilni chetga surib, oʻz taъsirini oshirayotgan yangi oʻyinchilar paydo boʻlmoqda. Avvallari Falastin masalasi isroilning “ichki ishi” sifatida koʻrilgan boʻlsa, endi bu masalaga Qatar va Turkiya faol qoʻshilmoqdalar. (https://t.me/stratfocusmena/1861)

Mavzuga aloqador