01.01.2024 12:11

Yaponiyada sodir boʻlgan zilzilalar tsunami keltirib chiqardi

Yaponiyaning Xonsyu orolida joylashgan Ishikava prefekturasida zilzila sodir boʻldi, deya xabar bermoqda Kyodo news mamlakat meteorologiya agentligiga tayanib.

Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, zilzila kuchi 7,4 ballni tashkil qilgan. Yaponiya milliy shkalasiga koʻra, zilzila maksimal 7 ballga baholangan. Erosti silkinishlari Tokioda ham sezildi, deya qayd etdi Japan Times. AQSh Geologiya xizmati seysmik hodisa magnitudasi 7,5 deb baholadi. Zilzila epitsentri Anamitsu shahridan (Ishikava prefekturasi) 43 km uzoqlikda, 10 km chuqurlikda joylashgan.

Yana bir zilzila Niigata prefekturasi qirgʻoqlarida sodir boʻldi, uning magnitudasi, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 5,2 ni tashkil etdi.

Shu munosabat bilan Xonsyuning gʻarbiy qirgʻogʻida tsunami xavfi eʻʻlon qilindi, Ishikava uchun bashorat qilingan toʻlqin balandligi 5 metrgachani tashkil etmoqda. Ishikava, Niigata, Toyama va Yamagata prefekturalari aholisiga qirgʻoqboʻyi hududlarini imkon qadar tezroq tark etish tavsiya etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy aholi birinchi kuchli toʻlqinlar qirgʻoqlarga etib kelganini xabar qilmoqda.

Mavzuga aloqador