18.01.2025 15:06
504
Yangi sinov: urush tufayli sarson boʻlgan gʻazoliklar endi qaerga qaytadi?
Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha imzolangan kelishuvga koʻra, koʻchirilgan falastinliklar oʻz uylariga qaytadigan boʻldi. Gap shundaki, Gʻazo aholisining qariyb 90 foizi koʻchirilgan boʻlib, ularning aksariyati urush boshlanganidan beri bir necha bor u yoqdan bu yoqqa koʻchib yurishga majbur boʻlgan. Ammo ular qaerga qaytadi?
Gʻazo sektoridagi barcha binolarning kamida 60 foizi vayron qilingan, koʻpgina mahallalar allaqachon portlatilib, kanalizatsiya va elektr taʻʻminoti singari urushdan avvalgi mavjud tizimlar ham butunlay ishdan chiqarilgan boʻlsa.
Maʻʻlumotlarga koʻra, Gʻazodagi 42 million tonna vayronalarni tozalash uchun kamida oʻn yil kerak boʻladi.
BMT maʻʻlumotlariga tayansak, ayni paytda Gʻazodagi 36 shifoxonaning yarmi qisman ishlamoqda; maktablarning 88 foizi shikastlangan yoki vayron boʻlgan; uylarning 92 foizi buzilgan, qishloq xoʻjaligi erlarining 68 foizi yaroqsiz holga keltirilgan.
Bu esa Gʻazoni qayta qurishda duch kelinishi mumkin boʻlgan katta qiyinchiliklar hali oldinda ekanidan darak beradi. Uning aholisini esa oldinda yangi sinovlar kutib turibdi.