Yamanda kuchli yogʻingarchilik tufayli 6,5 mingdan ziyod oila boshpanasiz qoldi
Yamanda kuzatilgan kuchli yogʻingarchiliklar tufayli 2 mln ichki qochqinlar yashayotgan 204 ta lagerga zarar etkazdi, 6,5 ming oila boshpanasiz qolgan. Ular oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechak va gigiena vositalariga muhtoj.
Yamanning
markaziy qismidagi kuchli yogʻingarchilik va suv toshqinlari tufayli 6 mingdan ortiq
oila Marib shahrini tark etdi. Bu haqda Yaman hukumatining Koʻchirilganlar
lagerlari departamenti hisobotida aytiladi.
Hisobotga
koʻra, tabiiy ofat 204 ta qochqinlar lageri va koʻchirilgan hududlardagi 6495
oilaga zarar etkazgan.
Departament
odamlarga oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechak, gigiena vositalari va chidamli
chodirlarga muhtojligini taʻʻkidladi.
Yamandagi 4,5 million ichki qochqinning 2 milliondan ortigʻi
Maribda boshpana topgan.
Yamandagi fuqarolar urushi va gumanitar inqiroz
Yamandagi Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan husiylar 2014 yil sentyabridan buyon
poytaxt Sana va mintaqaning bir qismini nazorat qilmoqda.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari esa 2015 yilning mart
oyidan beri husiylarga qarshi kurashda Yaman hukumatini qoʻllab-quvvatlab keladi.
Toʻqnashuvlar natijasida 377 mingga yaqin odam halok boʻlgan.
Fuqarolar urushi dunyoning eng qashshoq davlatlaridan birida
oʻtkir gumanitar inqirozni keltirib chiqardi va kundan-kunga kuchayib bormoqda.
BMT Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi boshqarmasi
maʻʻlumotlariga koʻra, 23,4 mln
yamanlik insonparvarlik yordamiga muhtoj – bu Yaman aholisining 73 foizini tashkil
qiladi. Harbiy harakatlar tufayli 4,3 mln kishi oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan.