12.01.2024 10:30

AQSh prezidenti Yamandagi husiylar nishonlariga zarba berganini eʻʻlon qildi

AQSh va Buyuk Britaniya jangovar samolyotlar va “Tomagavk” raketalari yordamida Yamandagi “ Ansorulloh” (husiylar” harakatining kamida 12 nishoniga zarba berdi. Oʻz navbatida, husiylar dushman kema va harbiy inshootlariga javob zarbalari berganini maʻʻlum qildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha maʻʻlumot yoʻq.

AQSh va Buyuk Britaniya AQSh va Buyuk Britaniya Yamandagi “Ansorulloh” harakati (husiylar) nishonlariga zarbalar berdi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda Anadolu.

Oq uy rahbarining taʻʻkidlashicha, zarbalar “Husiylarning Qizil dengizdagi xalqaro dengiz kemalariga misli koʻrilmagan hujumlariga toʻgʻridan-toʻgʻri javobdir”.

“Bugun mening koʻrsatmamga koʻra, AQSh kuchlari Buyuk Britaniya bilan birgalikda Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Gollandiya koʻmagida Yamandagi husiy isyonchilar foydalanayotgan bir qator nishonlarga havo hujumlari uyushtirdi”, - dedi Bayden.

Amerika prezidentining taʻʻkidlashicha, Qoʻshma Shtatlar xalqaro koalitsiya bilan birgalikda bir qator hujumlarga javob qaytargan. Ulardan oxirgisi 9 yanvarʻ kuni husiylar Amerika kemalariga toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilganda sodir boʻlgandi.

AQSh matbuotiga koʻra, AQSh va Buyuk Britaniya jangovar samolyotlar va “Tomagavk” raketalari yordamida kamida 12 husiy nishonini urgan.

Oʻz navbatida, husiylar Qizil dengizda Amerika va Britaniya harbiy kemalariga hujum uyushtirganini maʻʻlum qildi.

«Ansorulloh» siyosiy byurosi aʻʻzosi Ali al-Kahhumning X ijtimoiy tarmogʻida bildirishicha, bu hujum AQSh va Britaniyaning Yamandagi husiy nishonlariga bergan zarbalariga javob boʻlgan.

“Yamanning (AQSh va Buyuk Britaniya) javobi kechmadi. Yaman qurolli kuchlari Qizil dengizdagi AQSh-Britaniya harbiy kemalari, harbiy inshootlari va bazalariga qatʻʻiy javob qaytarmoqda”, — deb yozadi u.

Husiylar hukumati tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Husayn al-Izzi ijtimoiy tarmoqda “Vashington va London hujumlar uchun katta toʻlov toʻlashi kerak”, - dedi.

Husiylarga tegishli SABA axborot agentligining xabar berishicha, Yaman poytaxti Sano hamda Xodeyda, Saada va Zamar shaharlari “AQSh agressiyasi”ga uchragan.

Yamandagi mahalliy manbalar esa AQSh va Britaniya harbiy samolyotlari Yamanning Sana, Hodeyda va Taiz shaharlarining ayrim nuqtalariga kechasi havo hujumlari uyushtirgan.

Manbalar hujum haqida batafsil maʻʻlumot bermagan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda hujumlar aks etgan kadrlar tarqaldi.

Shuningdek, husiylar AQSh va Buyuk Britaniyaning Yamandagi “Ansorulloh” obʻʻektlari boʻylab zarbalar berganiga qaramasdan, Isroil kemalariga hujum qilishda davom etishini bildirdi

Mavzuga aloqador