21.08.2025 15:05
38
Yaman Husiylari Suriya hukumatini xiyonatda aybladi
Yamanning "Ansor Alloh" harakati siyosiy byurosi chorshanba kuni Parijda Suriya tashqi ishlar vaziri Asad al-Shayboniy va bosqinchi isroil delegatsiyasi oʻrtasida oʻtkazilgan uchrashuvni qattiq qoraladi.
Guruh bayonotida shunday deyiladi: "Biz Suriyani boshqarayotgan qurolli guruhning Parijda sionistik dushman bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuv oʻtkazganini keskin qoralaymiz".
Husiylarning qoʻshimcha qilishicha, muzokaralar "sionist mavjudot" Gʻazoni egallash boʻyicha yangi harakatni boshlagan, Al-Aqso masjidini tahqirlashda davom etayotgan bir paytda oʻtkazilgan.
Suriya rahbariyati mana shunday paytda sionistik dushmanga oʻzaro munosabatlarni yaxshilash uchun qoʻl choʻzishda ayblangan.