04.11.2024 16:42

Yahyo Sinvar uch kun hech narsa emay-ichmay jang qilgan – Isroil matbuoti

Sanjar Said:

Yahyo Sinvar uch kun hech narsa emay-ichmay jang qilgan – Isroil matbuoti


Isroil sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga koʻra, Falastinning HAMAS etakchisi Yahyo Sinvar Isroil kuchlari bilan toʻqnashuvda halok boʻlishidan oldin 72 soat davomida ovqat emagan.


Isroil Milliy sud ekspertizasi instituti direktori Xen Kugelning aytishicha, Sinvarning shaxsini tasdiqlash uchun barmogʻi kesilgan holda DNK namunasi olingan.


Namunalar Sinvarning Isroil qamoqxonasida 22 yillik qamoqda oʻtirgani, 2011 yilda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingani haqidagi tibbiy maʻʻlumotlar mavjudligi tufayli unga tegishli ekani tasdiqlangan.


"Miyaning jiddiy shikastlanishiga olib kelgan oʻq jarohatidan keyin ham Sinvar yana bir necha soat yashagan", - dedi Kugel.


Turli isroillik jurnalistlar va nashrlar HAMAS harakati etakchisining oʻlimini tasvirlar ekan, Falastin rahbari oxirigacha kurashganini tan olishdi.


Eslatib oʻtamiz, 61 yoshli Yahyo Sinvar oktyabrʻ oyida Isroil harbiylari bilan yuzma-yuz jangda qahramonlarcha halok boʻldi. U tank snaryadi va raketa parchalaridan jarohat olganiga qaramasdan, soʻnggi nafasigacha jang qildi, hatto ogʻir ahvolda boʻlishiga qaramasdan, Isroil droniga qoʻlidagi tayoqni uloqtirishi butun dunyoga doston boʻldi.

Mavzuga aloqador