29.07.2024 18:40

XOQ Parij Olimpiadasida da Vinchining “Soʻnggi kechki ovqat” kartinasiga parodiya uchun kechirim soʻradi

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) yakshanba kuni Leonardo da Vinchining “Soʻnggi kechki ovqat” kartinasiga parodiya qilingan ochilish marosimining bir qismiga nisbatan shikoyatlar ortidan rasman uzr soʻradi.

Xususan, katolik cherkovi “dreg-kvin”lar (erkaklar kiyadigan ayollar libosi – tahr.) Iso Masihning shogirdlari bilan oxirgi bor taomlanishi tasvirlagan sahnani qattiq haqoratlagan deb topdi.

XOQ oʻz bayonotida hech qachon biron bir diniy guruhga hurmatsizlik qilish niyatida emasligini taʻʻkidladi.

“Shubhasiz, hech qanday diniy guruhga hurmatsizlik qilish niyat yoʻq edi. Buning oʻrniga biz bagʻrikenglik va jamiyatni namoyish qilmoqchi edik. Agar odamlar xafa boʻlgan boʻlsa, biz uzr soʻraymiz”, - dedi XOQ matbuot kotibi Enn Dekam matbuot anjumanida.

 

Mavzuga aloqador