09.07.2025 08:25
52

XJS Afgʻoniston oliy rahbarini hibsga olishga order berdi



Xalqaro jinoiy sud (XJS) Afgʻonistondagi vaziyatni tergov qilish doirasida mamlakat oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda va Afgʻoniston bosh sudьyasi Abdulhakim Haqqoniyni hibsga olishga order berdi. Bu haqdagi sud qarori tashkilot tomonidan eъlon qilindi.

Sudning iddao qilishicha Oxundzoda va Haqqoniyni insoniyatga qarshi jinoyatlar, xususan, jinsga asoslangan taъqibni amalga oshirgan. Ushbu jinoyatlarning qurbonlari ayollar boʻlgan. XJSning taъkidlashicha, siyosiy taъqiblar "xotin-qizlar huquqlarini himoya qiluvchilar"ga qaratilgan.

Sud xulosasiga koʻra, bu harakatlar Afgʻonistonda 2021 yilning avgustida “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgan paytdan boshlab, 2025 yilning 20 yanvarigacha davom etgan. Ayollar va qizlar tizimli ravishda taъlim, harakat erkinligi, soʻz, vijdon va diniy eъtiqod huquqlarini cheklovchi farmonlar orqali bosimga uchragan.

Oldinroq, Afgʻoniston hukumati XJSning bu kabi harakatlarini afgʻon xalqining diniy va milliy qadriyatlarini inkor etish sifatida baholagandi.

Mavzuga aloqador