25.12.2023 16:47

Xitoy va Hindistonda koronavirus qurbonlari soni keskin ortdi

Koronavirus qurbonlari koʻpligidan krematsiya markazlari kunu tun ishlamoqda

Dunyo miqyosida koronavirusning yangi - JN.1 shtammi yuqishi holatlari ortishi natijasida qurbonlar soni ham keskin oshgan. Xususan, Xitoyda 119 ming ta yangi yuqtirish holatlari qayd etilgan, ularning 7557 nafari ogʻir yoki oʻta ogʻir ahvolda. Qurbonlar soni esa oshkor qilingani yoʻq.

Biroq, COVID bilan bogʻliq oʻlimlar soni koʻpaygani ortidan krematsiya (jasadni yoqish) markazlari kunu tun ishlashga oʻtgani aytilmoqda.

"Uch yil ichida koʻplab xususiy dafn marosimlari uylari ochildi. Hozirda krematsiya markazlari har kuni ishlayapti va jasadlar muzlatgichlarda saqlanmoqda. Krematsiya qilish uchun uzoq navbat bor", - deydi kasallik avj olgan Xenan provintsiyasida yashovchi mahalliy aholidan biri.

Qayd etilishicha, xuddi shunga oʻxshash holat Hindistonda ham kuzatilmoqda. Biroq Milliy tibbiyot assotsiatsiyasining COVID boʻyicha ishchi guruhi vitse-prezidenti Rajeev Jayadevan vaziyat keskin emasligini taʻʻkidlagan. "Kutilganidek, bir nechta oʻlim holatlari qayd etilgan, ammo aksariyat hollarda kasalxonaga yotqizishni talab qilmaydi. Ogʻir kasallik odatda keksa odamlar va birgalikda kasallikka chalinganlarni qamrab oladi", - dedi Jayadevan.

JSST yangi shtamning tez surʻʻatlarda yoyilib borayotgani sababli uni “qiziqish uygʻotuvchi variant” deb baholadi. Biroq yangi variant mavjud vaktsinalarga nisbatan sezgirligi va pandemiya xavfi tugʻdirmasligi taʻʻkidlandi.

Mavzuga aloqador