15.02.2025 09:36
509
Xitoy va Afgʻoniston aloqalarini mustahkamlamoqda
Xitoy Afgʻoniston bilan temir yoʻl aloqasini yoʻlga qoʻydi va Qozogʻiston hamda Oʻzbekiston orqali yangi yoʻnalishda birinchi yuk poezdini joʻnatdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bergan.
55 konteynerdagi ZTE aloqa uskunalari Chongsin shahridan joʻnab, Shinjondagi Xorgʻos porti orqali Afgʻonistonning Hayraton shahriga yoʻl olmoqda. Sayohat umumiy 12-15 kun davom etadi.
ZTE vakili Liu Jianfengning aytishicha, yangi yoʻnalish avtotransportga nisbatan tashish vaqtini 3-5 kunga qisqartiradi va logistika xarajatlarini 15-20 foizga kamaytiradi. Bu yuk tashish xavfsizligi va samaradorligini oshiradi.
Xitoy rasmiylari bu marshrutning ochilishi Xitoy, Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi, deb taъkidladi.
Sinxua agentligiga koʻra, Chongsindan bugungacha 18 mingdan ortiq yuk poezdlari joʻnatilgan, ular Xitoy-Evropa xalqaro temir yoʻl yoʻnalishlari orqali Markaziy Osiyo davlatlari hududiga yoʻl olmoqda.