13.07.2024 07:39

Xitoy Tojikistonda harbiy baza qurmoqda

The Telegraph nashri  Xitoy qariyb oʻn yildan buyon Tojikistonning 4000 metr balandlikdagi borish qiyin boʻlgan togʻli hududida maxfiy harbiy baza qurib kelayotganini maʻʻlum qildi. “Tolibon” nazorati ostidagi Afgʻonistondan kelishi mumkin boʻlgan tahdidlarni qaytarib qolishi ishonilgan baza xitoy va tojik harbiylarini qabul qilishga moʻljallangani aytilmoqda.

The Telegraph nashri qoʻlga kiritgan maʻʻlumotlarga koʻra, Xitoy qariyb oʻn yildan beri Tojikistonning borish qiyin boʻlgan togʻli hududida yashirin harbiy baza qurib kelmoqda.

Taxminan 4000 metr balandlikda joylashgan obʻʻekt kuzatuv minoralari bilan taʻʻminlangan boʻlib, Xitoy va Tojikiston harbiy kontingentlarini qabul qilish uchun moʻljallangan. Ikki davlat rasmiylari izoh berishdan oʻzlarini tiyib, baza borligini oshkora tasdiqlamagan.

Ushbu bazaning qurilishi ekspertlar tomonidan Xitoyning oʻz chegaralari boʻylab harbiy ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli strategiyasining elementi sifatida baholanmoqda. Pekin Hindiston bilan chegaradosh Himoloylarda ham xuddi shunday harakatlarni amalga oshirmoqda.

Yangi baza Tolibon nazorati ostidagi Afgʻonistondan kelishi mumkin boʻlgan xavfsizlik tahdidlariga javob boʻlishiga ishoniladi. Eslatib oʻtamiz, Tojikiston-Afgʻoniston chegarasining uzunligi qariyb 1300 kilometrni tashkil etadi.

Xitoy "mudofaaning oldingi chizigʻi"ni yaratish rejalari doirasida Tojikistonni zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnologiyalar bilan faol ravishda taʻʻminlamoqda.

Mavzuga aloqador