15.02.2025 17:10
Xitoy blogerlarga armiyasi haqida maъlumot tarqatishni taqiqladi
Xitoy oʻz Qurolli kuchlari haqidagi maъlumotlarni internetda eъlon qilishni cheklovchi yangi qoidalarni joriy etdi. Bu qadam dunyodagi eng yirik armiya faoliyatini kuzatishni cheklashi mumkin.
Qayd etilishicha, ushbu qoidalar 1 martdan boshlab kuchga kiradi. U Xitoy armiyasini AQSh harbiy qudratiga tenglashish uchun tezlik bilan kengaytirish va modernizatsiya qilayotgani haqidagi maъlumotlar fonida eъlon qilindi.
Kiritilgan cheklovlar Xitoy harbiy blogerlari va sharhlovchilariga katta taъsir koʻrsatishi mumkin.