02.10.2025 13:22
82

"Xalqaro matonat" flotiliyasining qoʻlga olinishi qaroqchilik va terrordir – HAMAS



Falastin qarshilik harakati ishgʻol armiyasi tomonidan «Global Sumud»ning toʻxtatilishi va faollarning hibsga olinishi qaroqchilik va terrorizm ekanini maъlum qildi.

"Bosqinchi isroil dengiz kuchlari tomonidan xalqaro suvlarda gumanitar yordam kemalarining toʻxtatilishi, faollar va jurnalistlarning hibsga olinishi dengiz qaroqchiligi va terrorizmdir. Bu jinoyat sionist rejimning qora qilmishlari roʻyxatidagi yana bir qora dogʻ boʻlib qoladi. Biz dushman armiyasining bunday vahshiyona tajovuzini keskin qoralaymiz va xalqaro hamjamiyatni sionistlarning bu kabi jinoiy harakatlaridan voqif boʻlishga chaqiramiz", deyiladi bayonotda.
olamiz.

Shuningdek, qarshilik harakati hukumatlar, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarni qonuniy va maъnaviy masъuliyatni oʻz zimmasiga olishga, sionistik rejimni oxiri koʻrinmayotgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortishga chaqirgan.

Mavzuga aloqador