Albaniya bosh vaziri Edi Rama poytaxt Tirana shahrida diniy bagʻrikenglik ramzi boʻlib xizmat qiladigan “Mustaqil Bektoshiylar tariqati davlati”ni yaratish niyatini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Vatikandan ilhom olingan loyiha alban madaniyatining bir qismi boʻlgan turli dinlar oʻrtasida tinch-totuv yashash anʻʻanalarini targʻib qilishga qaratilgan.

"Biz oʻz boyligimiz - tariximizning muhim qismi boʻlgan diniy bagʻrikenglikni qadrlashimiz va himoya qilishimiz kerak", - dedi Rama yangi davlat yaratish maqsadini tushuntirar ekan.

Bektoshiylar tariqati davlati Vatikandan toʻrt barobar kichik boʻladi hamda harbiy va huquqiy tuzilmalarga ega boʻlmaydi, balki muhim madaniy timsolga aylanadi. Rama, shuningdek, loyiha hali boshlangʻich bosqichda ekanligini, uni amalga oshirish esa vaqt talab etishini taʻʻkidladi.

Aholini roʻyxatga olish maʻʻlumotlariga koʻra, Albaniyada 2,4 million aholidan 115 mingga yaqini bektoshiylar tariqati aʻʻzosi hisoblanadi.

Bektoshiylar – asosan Turkiya va Albaniyada keng tarqalgan tasavvuf tariqati boʻlib, XIII asrda Hoji Bektosh Vali Nishopuri Xurosoniy (1208 - 1270) tomonidan asos solingan. Bektoshiylar shialardek hazrati Ali va 12 imomga, ayniqsa, 6-imom Jaʻʻfar as-Sodiqqa eʻʻtiqod qilishadi.

Tariqat asoschisi, Ahmad Afloqiyning soʻzlariga koʻra, shariat qoidalariga amal qilmagan va hech qachon namoz oʻqimagan. Tariqatning asosiy gʻoyalari boshqalarga hurmat va bagʻrikenglikdan iborat. Bektoshiylar vahdat al-vudjud taʻʻlimotiga, Qurʻʻon va shariatga allegorik tushunchaga ega. Ular Navroʻzni Alining tugʻilgan kuni sifatida nishonlashadi va har yili ustozga tavba qilishadi. 

Mavzuga aloqador