14.02.2025 15:35
388

Uzoq yillar birga yashaganlarga «mukofot puli» berilishi mumkin. Rossiyada


 

Rossiyada uzoq vaqt (30 yil va undan koʻp) bir nikohda yashaganlarga «mukofot puli» toʻlanishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi davlat Dumasiga bugun, 14 fevral kuni kiritiladi.

Hujjat mualliflaridan biri, Dumaning mehnat qoʻmitasi raisi Yaroslav Nilovning aytishicha, ushbu qonun tasdiqlangan taqdirda, barcha rossiyaliklarni, jumladan, sobiq sovet davrida turmush qurganlarni ham qamrab oladi.

Deputatlar turmush qurganiga uzoq yil boʻlgan oilalar uchun yubiley sanalarida bir martalik pullik toʻlovni amalga oshirishni taklif qilishmoqda. Unga koʻra, er-xotin ajrashib ketib, yana qayta turmush qurgan boʻlishsa, ular birga yashagan yillar yaxlitlanmaydi. Yubiley yili er-xotindan biri vafot etgan taqdirda ham toʻlovni olish huquqi saqlanib qoladi.

Muttasil bir nikohda 30 yil yashaganlarga 30 ming rubl (335 dollar atrofida) beriladi. Undan keyingi har oʻn yillikda toʻlov puliga 10 ming rubldan qoʻshiladi.

Mavzuga aloqador