28.01.2025 16:30

Uzbekistan Airways Evropaga parvoz yoʻnalishlarini oʻzgartirdi

Uzbekistan Airways Evropaga parvoz yoʻnalishlarini oʻzgartirdi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Evropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) hisoboti asosida Evropaga parvozlarning yangi yoʻnalishlarini joriy etdi. Endilikda samolyotlar Rossiya havo hududini chetlab oʻtib, Ozarbayjon va Turkiya orqali parvoz qiladi.

Kompaniya boshqaruvi raisi Shuhrat Xudoyqulovning soʻzlariga koʻra, yoʻnalishlarning oʻzgarishi parvoz vaqtini 30−40 daqiqaga uzaytirsa-da, kompaniya tariflarni oshirmagan.

Qaror xavfsizlikni taʻʻminlash maqsadida qabul qilingan boʻlib, parvozlarni boshqarish markazi havo boʻshligʻidagi vaziyatni har soniyada tahlil qilib bormoqda.

Kompaniya rahbariyati, shuningdek, hukumat tomonidan shoshilinch ravishda tuzilgan komissiya xavfsizlikni yanada kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrayotganini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador