20.09.2025 15:23
313
“Ular iymon kuchini koʻrsatishmoqda”. Rossiyalik siyosatshunos falastinliklar matonati sirini aytdi
Rossiyalik jurnalist, siyosat va jamoat arbobi, publitsist, inson huquqlari himoyachisi Maksim Shevchenkoning soʻzlariga koʻra, falastinliklarning matonati – iymon halovatini his qilmasdan tushunib boʻlmaydigan moʻъjiza; zero xalq deyarli tashqi yordamsiz bosqinchi isroil va AQSh kuchlariga qarshi turmoqda.
"Biz Falastinliklarning hayratlanarli birdamligini koʻrib turibmiz. Ular bu dahshatli frontda yolgʻiz oʻzi kurashyapti. Yolgʻiz oʻzi. “Hizbulloh” kuchsizlanib qolgan.
Aslida, “Isroil” shimolida, Suriya va Livanda sodir boʻlgan voqealardan keyin ular har doim ham Falastin qarshilik harakatiga yordam koʻrsata olmaydi.
Falastin qarshilik harakati esa bizga yana bir bor iymonning kuchini koʻrsatib berdi. Chunki odamlar hech qanday yordamsiz, faqat ruhiy kuch bilan bunday qarshilik koʻrsatishi mumkin. Aslida bu darajadagi sabot insoniy imkoniyatdan tashqaridagi holatdir.
Bosqinchi isroil va AQShning muammosi shundaki, ular bu holatga qarshi hech narsa qila olishmayapti. Netanьyahu harakatni yoʻqotishga koʻp marta vaъda bergan. U hatto Baydenga ham qayta-qayta aytgan edi: “Men musulmonlarni yoʻq qilaman, men HAMASni yoʻq qilaman”, deb. U faqat maqtanardi: “Men Ismoil Honiyani yoʻq qildim, Yahyo Sinvarni yoʻq qildim, buni ham, uni ham yoʻq qildim”, kabi.
Ammo har safar yangi-yangi rahbarlar paydo boʻlyapti. Ahamiyatlisi, ular oldin oʻldirilganlaridan qolishmaydi — kurashga tayyorligi va qatъiyati jihatidan ulardan kam emas.
Bu, avvalo, diniy masala. Amerika va Isroildagi tahlilchilarning koʻpchiligi buni anglay olmaydi. Biroq ularda ham aqlli odamlar bor va ular buni tushunadi", deydi u.



