EI davlatlari Ukrainaga qoʻshimcha 50 milliard evrolik yordam boʻyicha kelishib oldi
Evropa Ittifoqi Ukrainaga oʻz byudjetidan 50 milliard evro miqdorida qoʻshimcha yordam paketini kelishib oldi.
Evropa Ittifoqi Ukrainaga oʻz byudjetidan 50 milliard evro
miqdorida qoʻshimcha yordam paketini kelishib oldi. Bu haqda Evropa kengashi prezidenti Sharlʻ Mishelʻ X ijtimoiy tarmogʻida maʻʻlum qildi.
“Biz kelishuvga erishdik. Barcha 27 etakchi Ukrainaga Evropa
Ittifoqi byudjeti doirasida 50 milliard evro miqdorida qoʻshimcha yordam paketi
boʻyicha kelishib oldi. Bu Ukraina uchun barqaror, uzoq muddatli va bashorat
qilinadigan moliyalashtirishni taʻʻminlaydi”, — dedi u.
Mishelʻ
Evropa Ittifoqi Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda etakchilik va masʻʻuliyatni oʻz
zimmasiga olishini taʻʻkidladi. "Biz nima xavf ostida ekanligini
bilamiz", deb qoʻshimcha qildi u.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, oʻz navbatida, Sharlʻ Mishelʻ va EI rahbarlariga
“Ukraina uchun 2024–2027 yillarga moʻljallangan 50 milliard evrogacha boʻlgan
moliyaviy vosita – Ukraine Facility uchun” minnatdorchilik bildirdi.
“Bu qaror barcha 27 etakchi tomonidan qabul qilingani juda
muhim. Bu Evropa Ittifoqining qudratli birligini yana bir bor isbotlaydi. EIning
Ukrainaga moliyaviy yordamini davom ettirish bizning uzoq muddatli iqtisodiy va
moliyaviy barqarorligimizni mustahkamlaydi, bu esa Rossiyaga harbiy yordam va
sanktsiya bosimidan kam emas”, — deb yozdi davlat rahbari ijtimoiy tarmoqda.