05.05.2025 07:45
318

Ukrainaga AQShdan yana Patriot havo mudofaa tizimlari etkaziladi

AQSh Ukrainaga isroilda joylashtirilgan va hozirda kapital taъmirdan oʻtkazilayotgan Patriot havo mudofaa tizimini yozgacha etkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.


Manbaga koʻra, Kievga qoʻshimcha ravishda, Germaniya yoki Gretsiya orqali yana bir Patriot tizimi etkazilishi boʻyicha Evropa ittifoqi mamlakatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. 


Aytilishicha, bu yordam Rossiyaning Ukraina hududlarida kuchayib borayotgan raketa hujumlari fonida amalga oshirilmoqda. Xabaringiz bor, 24 aprelь kuni Kievga uyushtirilgan hujum natijasida 12 nafar tinch aholi halok boʻlgan edi.


Ukrainada hozirda sakkizta Patriot tizimi mavjud boʻlib, ularning oltitasi faoliyatda, ikkitasi esa taъmirda. Yozgacha etib keladigan isroil tizimi hamda Evropadan kutilayotgan qoʻshimcha qurilma bilan bu koʻrsatkich 10 taga etishi mumkin.


Biroq, mutaxassislar ushbu tizimning nisbatan eski model ekanini taъkidlamoqda. Maъlum boʻlishicha, patriot majmuasi qurilishi bir milliard dollar atrofida baholanadi va uni xizmatda ushlab turish uchun 90 nafar harbiy xizmatchi zarur.


Maъlumot uchun, AQSh va Evropa davlatlari umumiy hisobda 180 dan ortiq Patriot tizimiga ega. Ulardan 40 tasi Evropa mamlakatlarida joylashgan. Ukrainaga berilayotgan tizimlar bu mamlakatning havo hujumidan mudofaa salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Eslatib oʻtamiz, prezident Zelenskiy AQSh bilan foydali qazilmalar sohasida hamkorlik bitimlari orqali qoʻshimcha harbiy yordam olishga umid bildirgan edi. Tramp maъmuriyati esa avvalroq Patriot tizimlarini Evropa orqali sotib olish variantini taklif qilgandi.

Mavzuga aloqador