14.02.2025 10:25
230

Ukraina armiyasi Donetsk viloyatida qarshi hujum boshladi: Peschanoe qishlogʻi ozod etildi



Ukraina Qurolli Kuchlari bir yil ichida birinchi marta keng koʻlamli qarshi hujumni amalga oshirib, Donetsk viloyatidagi Peschanoe qishlogʻini ozod qilishga muvaffaq boʻldi. Ukraina armiyasining hujum operatsiyasi Pokrovsk shahridan besh kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu hududda Rossiya qoʻshinlarini chekinishga majbur qildi.

Harbiy tahlilchilarning qayd etishicha, Ukraina armiyasi turli yoʻnalishlardan bir qator qarshi hujumlarni amalga oshirib, qoʻshni aholi punktlariga ikki kilometr ilgarilab bordi. Garchi ozod qilingan hudud hozircha kichik boʻlsa-da, bu 2023 yil kuzidan beri Rossiya qoʻshinlarining ilk bor orqaga chekinishi sifatida baholanmoqda. 

Rossiya manbalari Ukraina armiyasining Peschanoe qishlogʻining gʻarbiy qismidagi sanoat zonasida mustahkam oʻrnashib olganini va turar joy hududlarida jang olib borayotganini tasdiqlamoqda. 

Shuningdek, Ukraina armiyasi Rossiya hududida ham faollik koʻrsatmoqda. Kursk viloyatida Ukraina harbiylari uchta kichik aholi punktini nazorat ostiga olgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Mavzuga aloqador