18.11.2024 08:50
Ukraina AQSh, Britaniya va Frantsiyadan uzoq masofali raketalaridan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat oldi
Ukaina yaqin vaqtlarda Rossiya hududining uzoq qismlariga ATAMS, SCALP/Storm Shadow kabi uzoq masofali raketalardan zarba berishi mumkin. AQSh, Britaniya va Frantsiya ulardan foydalanishga ruxsat berdi.
Ukraina yaqin kunlarda 306 kilometrgacha uchadigan ATACMS raketalari yordamida Rossiya hududining uzoq qismlariga zarbalar berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi oʻz manbalariga tayanib xabar qildi.
NYT nashrining qayd etishicha, Bayden Shimoliy Koreya askarlarining urushda ishtirok etishiga javoban Rossiya hududiga zarba berishga ijozat etgan.
300 km masofaga uchish imkoniga ega boʻlgan ATACMS raketalari aerodromlar va harbiy bazalar kabi asosiy nishonlarga zarba bera oladi. Ilgari Ukraina ushbu nishonlarni faqat dronlar bilan urishi mumkin edi, bu esa zarar koʻlamiga sezilarli taʻʻsir koʻrsatdi.
Shuningdek, Frantsiya va Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat bergan. Le Figaro nashrining yozishicha, Parij va London ham Kievga SCALP/Storm Shadow raketalari yordamida Rossiya hududiga zarba berishini maʻʻqullagan.
Storm Shadow/SCALP-EG – 560 km gacha parvoz masofasiga ega boʻlgan ingliz-frantsuz qanotli raketasi. ATACMSʼdan farqli oʻlaroq, bu raketa "havo-er" turiga mansub boʻlib, qiruvchi samolyotdan uchiriladi.
Kreml Rossiya hududiga bunday raketalardan zarba berilishi oqibatlari “oʻta aniq” boʻlishini maʻʻlum qildi.