16.03.2024 11:20

Turkiyadan Janubiy Amerika davlatlariga chiqish shartlari kuchaytirildi

THY Venesuela, Meksika, Kolumbiya, Kuba va Braziliyaga bormoqchi boʻlgan yoʻlovchilarni qoʻshimcha shartlar toʻgʻrisida ogohlantirdi. Unga koʻra, pasport va viza boʻlgan taqdirda ham, bagajsiz, mehmonxona band qilmagan va qaytish chiptasi boʻlmagan yoʻlovchilar samolyot bortlariga chiqarilmaydi.

Türk Hava Yolları (THY) Venesuela, Meksika, Kolumbiya, Kuba va Braziliyaga sayohat qilmoqchi boʻlgan yoʻlovchilar umumiy qoidalarga amal qilgan taqdirda ham, ayrim talablarga rioya etmagan yoʻlovchilar ushbu davlatlarga kiritilmasligidan ogohlantirdi, deya yozmoqda TRT Haber.

Qayd etilishicha, oxirgi vaqtlarda yuqoridagi davlatlarga turk yoʻlovchilari kiritilmayotgani muhokamalarga sabab boʻlgan. Shu munosabat bilan THY Venesuela, Meksika, Kolumbiya, Kuba va Braziliyaga amalga oshiriladigan reyslarda yoʻlovchi qabul qilishda pasport va viza talablaridan tashqari, ayrim qoʻshimcha shartlar yoʻlga qoʻyilganini bildirdi.

Venesuela uchun rasmiy taklifnoma talabi

THY saytida keltirilishicha, Venesuelaga borishda Venezuela Karakas Simon Bolivar aeroportidan mamlakatga kirmasdan turib “peresadka” maqsadida foydalanib boʻlmaydi. Mamlakatga kirish uchun esa viza (sayohat) boʻlishi, mehmonxona toʻlovi amalga oshirilgan va sayohat muddatiga mos band qilinishi, qaytish chiptasi hamda notarial tasdiqlangan rasmiy taklifnoma boʻlishi talab qilinadi.

Bagajsiz Meksika sayohati

Meksikada ham davlat organlarining qaroriga muvofiq, elektron kirish vizasi (ushbu hujjatdan takror foydalanmaslik sharti bilan) boʻlishi, mehmonxona band qilinishi (toʻlovlovi amalga oshirilgan va sayohatni qamrab oluvchi), qaytish chiptasi talab qilinadi. Bundan tashqari, uzun muddat qolishga ruxsati boʻlib, bagaji boʻlmagan, shuningdek, ilk marotaba xorijga sayohat qilayotgan hamda sayohat maqsadlariga mos hujjatlari boʻlmagan yoʻlovchilar ham mamlakatga kiritilmaydi.

Kolumbiya baʻʻzi yangi shartlarni qoʻydi

Turkiya orqali Kolumbiyaga bormoqchi boʻlgan yoʻlovchilarga esa mamlakatga kirish shartlari qatoridan mehmonxona band qilingani, borish va qaytish chiptalari (chipta vaqti viza talab qiladigan davlatlar uchun viza muddati ichida boʻlish sharti bilan) va tranzit safari boʻlgan taqdirda, tranzit muddati 24 soatdan kam boʻlishi talab qilinadi. Avval mamlakatga kirishi rad etilgan, uzun muddat qolishiga qaramasdan bagaji boʻlmagan, sayohat maqsadiga mos hujjatlari boʻlmagan yoʻlovchilarning mamlakatga kirishi taqiqlanadi.

Bayonotda Panama bilan bogʻliq ravishda, THY samolyotida Panamaga uchadigan yoʻlovchilar esa oxirgi borish nuqtasi boʻlgan Panamadan “peresadka” qiladigan yoʻlovchilar uchun uygʻun vizaga ega boʻlishi (viza talab qilinadigan davlatlar uchun), borish-qaytish safarlari uchun qaytish chiptasi boʻlishi, mehmonxona band qilingani va tranzit parvozlari uchun “peresadka” muddatining 12 soatdan oshmasligi shartlariga rioya qilishlari shart. Bundan tashqari, uzun muddat qoladigan, biroq bagaji yoʻq, sayohat maqsadlariga mos hujjatlari boʻlmagan va Panama bojxona politsiyasi savollariga uygʻun javoblarni berolmagan yoʻlovchilarning ham mamlakatga kirishi rad etiladi.

Birinchi marta xorijga chiqqanlar Kubaga kira olmaydi

Kubaga sayohat qiluvchi yoʻlovchilardan ham borish-qaytish va tranzit sayohati uchun qaytish chiptasi boʻlishi, mehmonxona band qilinishi talab qilinadi. Bundan tashqari, Bundan tashqari, uzun muddat qoladigan, biroq bagaji yoʻq, sayohat maqsadlariga mos hujjatlari boʻlmagan, birinchi marta xorijga chiqayotgan va uchish vaqtida etarli miqdorda naqd yoki zarur bank kartasi boʻlmaganlarga Kubaga kirishga ruxsat berilmaydi.

Braziliyaga sayohat qiluvchi sayohatchilar uchun ikki tomonlama va tranzit chiptalari boʻlishi, mehmonxonalar band qilinishi va transfer muddati 24 soatdan oshmasligi kerak.

Bundan tashqari, uzun muddat qoladigan, biroq bagaji yoʻq, sayohat maqsadlariga mos hujjatlari boʻlmagan, birinchi marta xorijga chiqayotganlarga ham mamlakatga kirishi rad etiladi.

Mavzuga aloqador