13.02.2025 07:45
Turkiya Suriyadan tovarlar olib kirishga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qildi
Turkiya Suriyadan tovarlar olib kirishga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qildi
Turkiya Savdo vazirligi Suriya bozorlaridan tovar va mahsulotlar olib kirishga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashladi. Bu haqda Suriya quruqlik va dengiz chegara punktlari bosh boshqarmasi aloqa direktori Mazen Alush maъlum qildi.
Alushning aytishicha, Turkiya va Suriya rasmiylari oʻrtasida olib borilgan muzokaralar natijasida Suriya tovarlarini Turkiyaga olib chiqishga qoʻyilgan cheklovlar bekor qilingan. Shuningdek, Suriya mahsulotlarini tranzit orqali xorijiy davlatlarga eksport qilish uchun Turkiya hududidan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Savdo koʻrsatkichlari:
📈 2024-yil dekabrda Turkiyaning Suriyaga eksporti 20% ga oshgan
📈 2025-yil yanvarida oʻsish 38% dan oshgan
📦 Uskunalar eksporti – 244%
🏗 Tsement, shisha va keramika – 92%
🔩 Metall mahsulotlari – 73%
🍊 Meva-sabzavot – 3 barobarga oshgan
Rasmiy maъlumotlarga koʻra, 2024-yilda Turkiyaning Suriyaga eksporti 2,2 milliard dollar ni tashkil etgan, Suriyadan Turkiyaga import hajmi esa 437 million dollar ga etgan.