07.03.2025 11:17
242
Trampning tashrifi Saudiyaga 1 trln dollarga tushishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp 1 trillion dollarlik xaridlar evaziga Saudiyaga birinchi xorijiy tashrifini amalga oshirishini maъlum qildi.
"Odatda men birinchi boradigan joy bu Buyuk Britaniya edi. Oxirgi marta Saudiya Arabistonida boʻlganimda, ular bizga 450 milliard dollar berishdi. Bu safar men ularga birinchi tashrifim Saudiyaga boʻlishini, biroq arablar buning evaziga Amerika kompaniyalaridan 1 trillion dollarlik mahsulot sotib olishi kerakligini aytdim. Ular bunga rozi boʻlishdi", degan Tramp jurnalistlar bilan suhbatda.
Ming afsuski aksariyat musulmon davlatlari rahbarlari qoʻshni davlatlarda yashovchi dindoshlari och-nahorlikda hayot kechirayotgan boʻlsa-da, oʻzlarining shohona yashashlari evaziga bosqinchi davlatlarni yanada boy qilmoqda. Qonxoʻr mamlakatlar esa ulardan olgan pullarini yana musulmonlarni qirgʻin qilishga sarflayapti.