Trampning Putinga uch sovgʻasi
Trampning Putinga
uch sovgʻasi
AQSh
prezidenti Donalьd Tramp qabul qilgan bir necha qarorlar Rossiya etakchisi
Vladimir Putin uchun qulaylik yaratmoqda. Newsweek nashriga
koʻra,Tramp Xalqaro jinoiy sudga cheklovlar joriy qildi. Bu sud avvalroq Putinni hibsga olish
buyrugʻini chiqargan edi.
Shuningdek, Kremlga qarshi sanktsiyalar guruhi tarqatildi.
Gap shundaki, AQSh bosh prokurori Merik Bondi Putin va uning atrofidagilarga
sanktsiyalar joriy qilgan “KleptoCapture” ishchi guruhini tarqatib yubordi.
Trampning keyingi sovgʻasi bu - Kremlь va Xitoyning
yashirin taъsirini cheklash boʻyicha dasturlarni bekor qildi.
Avvalroq Tramp Putin bilan telefon orqali gaplashganini
va milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Valьsga Ukraina mojarosini hal
qilish boʻyicha muzokaralar tashkil qilishni topshirganini maъlum qilgan.
Tramp qayta saylangandan soʻng bir qator, siyosatchilar
tili bilan aytganda, axmoqona qarorlar qabul qilishni boshladi. Migratsiya masalalari,
yirik tashkilotlarga sanktsiyalar eъlon qilish, moliyaviy yordamni cheklash kabi
qarorlari nafaqat Gʻarbda, balki butun dunyo mamlakatlarida norozilik keltirib
chiqarmoqda.