10.10.2025 12:43
261

Trampning orzusi ushalmadi: Nobelь mukofoti boshqa nomzodga berildi




Bu yilgi Tinchlik boʻyicha Nobelь mukofoti Donalьd Trampga berilishi taxmin qilinayotgan edi. Bunga sabab sifatida uning  Armaniston va Ozarbayjonni yarashtirgani hamda Gʻazo kelishuvidagi faolligi tilga olinayotgan edi.
 
Biroq Tinchlik boʻyicha 2025-yilgi Nobelь mukofoti Venesuela muxolifati etakchisi Mariya Korina Machadoga berildi. U Venesuela xalqining demokratik huquqlarini ilgari surgani uchun ushbu mukofotga loyiq koʻrildi. 

Nobelь qoʻmitasi Machadoning mamlakatda erkin saylovlar va fuqarolik huquqlari uchun kurashga qoʻshgan hissasini eъtirof etgan.

Mariya Korina Machado Venesuelaning etakchi muxolifat etakchilaridan biri va prezident Nikolas Maduroning faol tanqidchisi sifatida tanilgan. U bir necha bor siyosiy bosimga uchragan va davlat saylovlarida qatnashish huquqidan mahrum boʻlgan, ammo mamlakatda demokratik oʻzgarishlar uchun kampaniyani davom ettirgan.

Mavzuga aloqador