05.05.2025 08:57
454

Tramp zulm ramzi boʻlgan “Alьkatras” qamoqxonasini qayta ochmoqchi

Oq uy rahbari mamlakatdagi jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida tarixiy “Alьkatras” qamoqxonasini kengaytirilgan va zamonaviylashtirilgan shaklda qayta ochishni buyurdi. 


RBK. novosti nashrning yozishicha, Tramp bunday yondashuv bilan eng xavfli va shafqatsiz jinoyatchilarni jamiyatdan ajratib qoʻyish orqali tartib va xavfsizlikni taъminlashga intilmoqda.


U bu boʻyicha oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha izoh qildirdi:


“Amerika juda uzoq vaqt davomida jamiyatimiz uchun xavf tugʻdiruvchi, yovuz va takroran jinoyat sodir etuvchi shaxslar qoʻlida azob chekdi. Ular jamiyatga faqat azob-uqubat olib keladi. Vaqti kelib, biz yana jiddiy va qatъiyatli davlat boʻlishimiz, eng xavfli jinoyatchilarni panjara ortiga tashlab, begunoh fuqarolar xavfsizligini taъminlashimiz zarur. Biz endi seriyali jinoyatchilarning koʻchalarimizda qon toʻkishi va tartibsizlik tarqatishiga toqat qilmaymiz. Shu bois Federal qamoqxonalar byurosiga Adliya vazirligi, FQB va Ichki xavfsizlik departamenti bilan hamkorlikda “Alьkatras” qamoqxonasini zamonaviy standartlar asosida tiklash va ishga tushirish boʻyicha topshiriq berdim”.


Uning taъkidlashicha, bu tashabbus qonun ustuvorligini tiklash va adolat tamoyillarini mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi.


Maъlumot uchun, San-Frantsisko sohilidagi orolda joylashgan “Alьkatras” qamoqxonasi 1934 yildan 1963 yilgacha faoliyat yuritgan boʻlib, jinoyat olamining mashhur vakili Al Kapone ham aynan shu erda jazoni oʻtagan. 


Qamoqxona oʻzining qochib boʻlmas darajadagi xavfsizlik tizimi bilan mashhur boʻlgan. 1963 yilda rasmiy ravishda yopilgan boʻlib, undan keyin asosan tarixiy va turistik obьekt sifatida foydalanib kelingan.

Mavzuga aloqador