29.04.2025 13:43
285

AQSh 12 nafar yamanlikni oʻldirdi

Yamandagi “Ansor Alloh” harakati nazoratidagi “Al-Masira” telekanalining xabar berishicha, AQSh harbiy samolyotlari 27 aprel, yakshanba kuni Sano shahrining Bani Haris tumanidagi Sukban mahallasini bombardimon qildi.


Aviazarba natijasida uchta uy nishonga olingan. Dastlabki maъlumotlarga koʻra, zarbalar oqibatida 8 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgani va koʻplab insonlar jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. 


Keyinchalik qurbonlar soni 12 nafarga etgani tasdiqlandi.


Eslatib oʻtamiz, 7 mart kuni xusiylar sionistlarga shart qoʻyib, Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordamini etkazib berishni cheklovchi qarorlar bekor qilinmasa, dengizdagi harbiy operatsiyalar qayta boshlanishini maъlum qilgan edi. 


15 mart kuni esa AQSh rahbari Donald Tramp oʻzining Truth ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Yamandagi xusiylarga qarshi “keng koʻlamli hujum” boshlash haqida Qurolli Kuchlarga buyruq berganini eъlon qildi.


Xusiylar etakchisi Abdulmalik al-Xusiy bu hujumlarga javoban Amerika harbiy samolyotlari va kemalari hujum nishoniga aylanishini aytgan.

Mavzuga aloqador