24.01.2025 15:45
385
Tramp: Zelenskiy urushni tugatish boʻyicha muzokaralarga tayyor
Tramp: Zelenskiy urushni tugatish boʻyicha muzokaralarga tayyor
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro yakunlanishi kerakligini qayd etib, yaqin kunlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish niyatida ekanini maʻʻlum qildi.
Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushni toʻxtatuvchi kelishuv boʻyicha muzokaralarga tayyorligini aytdi.
“Zelenskiy bu urushni tugatish boʻyicha muzokara olib borishga tayyor. Ukraina ham, Rossiya ham juda katta yoʻqotishlarga duch keldi. Biz urushni imkon qadar tezroq yakunlashimiz kerak,” — dedi Tramp.
Tramp, shuningdek, Xitoy rahbari Si Tszinpin mojaroni tugatish uchun oʻz taʻʻsiridan foydalanishi kerakligini taʻʻkidladi. Uning fikricha, xalqaro hamkorlik bu muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
Gʻazo sektoridagi oʻt ochishni toʻxtatishga oid vaziyat haqida soʻzlagan Tramp hozircha barchasi muvaffaqiyatli oʻtayotganini taʻʻkidlab, mintaqadagi vaziyat ehtiyotkorlik bilan kuzatilishi kerakligini aytdi.
Shu bilan birga, u Husiylarni xorijiy terror tashkilotlari roʻyxatiga kiritish masalasida ham fikr bildirdi. Trampning taʻʻkidlashicha, Husiylar xalqaro xavfsizlikka tahdid solmoqda va AQSh bu xatti-harakatlarga qarshi turish niyatida.