11.10.2025 11:01
136

Tramp Xitoy mahsulotlariga qoʻshimcha 100 foizlik boj joriy etdi



AQSh hukumati 1 noyabrdan boshlab Xitoydan olib kiriladigan barcha mahsulotlarga amaldagi bojlar ustiga qoʻshimcha ravishda 100 foizlik boj joriy etadi. Bu haqda Amerika prezidenti Donalьd Tramp maъlum qildi.

Tramp, shuningdek, barcha muhim dasturiy taъminot turlarining eksportiga ham cheklovlar kiritilishini qoʻshimcha qilgan.

Qoʻshimcha bojlarning joriy etilishiga sabab sifatida Oq uy rahbari Xitoyning “savdo sohasida oʻta tajovuzkor pozitsiyasi” ekani aytilgan. 

Xitoy tomoni hozircha Trampning bayonotiga izoh bermagan.

Mavzuga aloqador