09.07.2025 15:15
17

Tramp va Netanyaxu maxfiy uchrashuv oʻtkazdi



Kecha, 8 iyul kuni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan oʻtkazgan uchrashuvi taxminan bir soat davom etgan. Eъtiborlisi, Tramp va Netanyaxuning suhbatiga OAV vakillari kiritilmagan. 

Uchrashuvdan soʻng Netanyaxu AQSh davlat rahbari bilan Gʻazoda garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha gaplashib olganini aytgan. Shuningdek, u HAMAS harakatining harbiy va siyosiy imkoniyatlarini yoʻq qilish rejasida qatъiyligini qoʻshimcha qilgan.

Reutersʼning yozishicha, Tramp Netanyaxu bilan seshanba kuni ikki kun ichida ikkinchi marta uchrashgan. Suhbat Gʻazodagi vaziyatga bagʻishlangan. Shu bilan birga, AQShning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Isroil va HAMAS deyarli ikki yildan beri davom etayotgan urushdan soʻng sulh bitimiga yaqinlashayotganini bildirgan.

Axios nashri esa seshanba kuni Netanyaxu etib kelishidan avval Qatar delegatsiyasi Oq uyda yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashgan.

Mavzuga aloqador